Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Havers: «APL Bundesligadan ancha kuchli»

Havers: «APL Bundesligadan ancha kuchli»

Автор: admin

«Chelsi» yarimhimoyachisi Kay Havers APLdagi debyut o‘yini («Brayton», 3:1) haqida gapirdi.
«Bu juda qiyin o‘yin edi. Chunki men uzoq ta’tilga chiqdim, shundan so‘ng jamoa bilan atigi 5-6 kun mashg‘ulot o‘tkazdim. Albatta, eng muhimi – g‘alaba qozonganimiz. Shuning uchun debyutimdan juda mamnunman.
Premer-ligada o‘ynash Bundesligada to‘p tepishdan ko‘ra ancha qiyin. Men buni mashg‘ulotlarda va o‘yinda ko‘rdim. Ammo 80 daqiqa o‘ynaganimdan xursandman va keyingi bahslarda ham o‘ynashda davom etaman, degan umiddaman. 
«Liverpul» bilan o‘yin? Bu – dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Raqibni hurmat qilamiz, ammo «Chelsi» ham kuchli jamoa. Ikkala jamoa uchun ham og‘ir o‘yin bo‘ladi. Biz juda ko‘p ishlaymiz va, menimcha, ochko olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz», – deya Haversning so‘zlarini keltiradi Evening Standart.
«Chelsi» Premer-liganing 2-turi doirasida 20 sentyabr kuni «Liverpul»ni qabul qiladi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *