Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Torres «Liverpul»dan ketishiga klub xo‘jayinlari sabab bo‘lganini aytdi

Torres «Liverpul»dan ketishiga klub xo‘jayinlari sabab bo‘lganini aytdi

Автор: admin

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Fernando Torres 2011 yili mersisaydliklar safidan «Chelsi»ga o‘tgani haqida gapirdi.
«Liverpul»da baxtli edim. Ammo esingizda bo‘lsa, o‘sha paytda klub meni sotmoqchi bo‘ldi va bu juda qiyin vaziyat edi. Ular jamoaning barcha eng yaxshi o‘yinchilarini sotishdi. Xaver Maskerano va Xabi Alonso ketdi, bosh murabbiy Rafael Benites ham. Ular yosh futbolchilarni jalb qila boshlashdi. G‘olib jamoani qayta qurish uchun ularga 5-6 yil kerak edi. 
Afsuski, o‘sha paytda «Liverpul» xo‘jayinlari menga ko‘p yolg‘on gapirishdi va oxir-oqibat o‘z yo‘limni topishga majbur bo‘ldim. Bu «Chelsi» edi. U menga sovrinlar yutish imkoniyatini beradigan klub, deb o‘ylardim», – deya Torresning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.
35 yoshli Torres faoliyati davomida «Atletiko», «Liverpul», «Chelsi», «Milan» va «Sagan Tosu» jamoalarida o‘ynagan. U klublar miqyosida YeCHLda, 2 bor Yevropa Ligasida, Ispaniya milliy jamoasi  bilan esa jahon chempionatida va 2 marta Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lgan.
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *