Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi La Liganing dastlabki turlarini o‘tkazib yuborishi mumkin

Messi La Liganing dastlabki turlarini o‘tkazib yuborishi mumkin

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining dastlabki turlarini o‘tkazib yuborishi mumkin, deya yozmoqda ispan nashrlari.
Mundo Deportivo’ning xabar berishicha, Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Messini JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlarga chaqirmoqchi. Lionel milliy jamoadan taklif olsa, «Barselona»ning La Ligadagi dastlabki o‘yinlarida klubiga yordam bera olmaydi.
33 yoshli argentinalik forvard milliy jamoasi o‘yinlariga borish uchun eng kamida ikki hafta avval vataniga yetib borishi talab etiladi. Sababi bu mamlakatda ham boshqa davlatdan tashrif buyuruvchilar uchun ikki haftalik karantin joriy qilingan. Shu sababli u «Barselona»ning «Vilyarreal», «Selta» va «Sevilya» bilan bahslarini o‘tkazib yuborishi mumkin.
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *