Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman asosiy tarkibning 12 futbolchisini haydayapti

Kuman asosiy tarkibning 12 futbolchisini haydayapti

Автор: admin

Kimlar ketadi?
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman asosiy tarkibning 12 nafar futbolchisi xizmatidan voz kechishini bildirdi. Ular transfer bozori yopilmay turib, Kataloniyani tark etishi shart.
Bu orqali klub rahbariyati jamoaga yangi futbolchilarni olib kelish barobarida, maosh uchun kutayotgan mablag‘larni tejashni rejalashtirmoqda.
Klub birinchi navbatda katta maosh oladigan Luisa Suares, Samyuel Umtiti, Arturo Vidal va  Martin Breytueytdan qutilishi kerak. Hozircha faqat Vidal kompensatsiyasiz ketishga rozi bo‘ldi.
Shuningdek, Kuman qanot himoyachilari Junior Firpo va Xuan Mirandaga ham ishonch bildirmayapti. Bundan tashqari, bir guruh yoshlar - Monchu, Mussa Vage va Oriol Buskets ham boshqa joydan non topishi kerak.
Ketadigan ro‘yxatiga himoyachi Jan-Kler Todibo, Nelson Semedu va yarim himoyachi Rafinya ham qo‘shildi.
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *