Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Rossiya kubogi. Oston O‘runov ilk golini kiritgan o‘yinda «Spartak» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Rossiya kubogi. Oston O‘runov ilk golini kiritgan o‘yinda «Spartak» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Автор: admin

Rossiya kubogi guruh bosqich 1-turi doirasida Moskvaning «Spartak» klubi Rossiya quyi ligasi vakili «Rodina» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Kubok doirasidagi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Oston O‘runov o‘yindagi eng faol futbolchilardan biri bo‘ldi. 
Uchrashuvdagi dastlabki gol kiritilgan vaziyatda hujumni boshlashga sabab bo‘lgan O‘runov, ko‘p o‘tmay ajoyib dribling va zarbasi evaziga o‘yindagi 2-golga mualliflik qildi. Bu Ostonning Moskva klubi safidagi ilk goli bo‘ldi.
O‘yin yakuniga qadar yana uchta gol kiritgan moskvaliklar yakunda 5:1 hisobida zafar quchishdi.
 
Rossiya kubogi. 1-tur.
Rodina – Spartak 1:5

Gollar: 0:1 – 35 Larsson, 0:2 – 53 O‘runov, 0:3 – 56 Ayrton, 0:4 – 59 Zobnin, 1:4 – 61 Abdusalomov, 1:5 – 80 Ponse.
Rodina – Salnikov, Yudinsev, Korotkov, Volkov, Katayev, Lamanov, Filippov, Shavel, Ayrapetyan, Yeryomenko, Abdusalomov
Spartak – Maksimenko, Ayrton, Sobolev, Kokorin, Bakayev, Jikiya, Oston O‘runov, Kutepov, Krap, Maslov, Zobnin.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *