Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » O‘rtoqlik uchrashuvi. «Barsa»dan g‘alaba, Messidan dubl

O‘rtoqlik uchrashuvi. «Barsa»dan g‘alaba, Messidan dubl

Автор: admin

Ispaniya La Ligasi ilk turini o‘tkazib yuborgan «Barselona» yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Jirona»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
«Estadio Yoxan Kroyff» o‘yingohida kechgan o‘yinning 21-daqiqasida Messining chiroyli uzatmasidan keyin Trinkau darvozabon bilan yakkama-yakka holatda qolib, bo‘sh darvoza qarshisida qolgan Koutinoni ko‘rdi, u esa qaytishini gol bilan nishonladi.
45-daqiqada esa Messining o‘zi jarima maydoni tashqarisidan o‘ng oyoqda yo‘llangan kuchli zarba bilan chiroyli gol muallifiga aylandi.
O‘yinning 51-daqiqasiga kelib Lionel dublini rasmiylashtirdi. Yakunda bahs 3:1 hisobida nihoyasiga yetdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. 16 sentyabr.
Barselona – Jirona 3:1
Gollar: 1:0 – 21 Koutino, 2:0 – 45 Messi, 2:1 – 46 Says, 3:1 – 51 Messi.
Barselona – Neto, Serji Roberto (Semedu, 63), Alba (Firpo, 63), Arauxo, Pike (Langle, 63), Buskets (Alenya, 63), Koutino (Konrad, 63), de Yong (Puch, 63), Trinkau (Pedri, 63), Grizmann (Breytueyt, 64), Messi (Dembele, 63).
Jirona – Xuan Karlos, Espinosa (Bueno, 64), Alkala (Ramalo, 46), Moxika (Enrik Frankesa, 46), Kalavera (Maksi Vilya, 63), Fernandes (Aleks Galyar, 46), Gumbau (Granel, 46), Xayro Iskerdo (Priego, 63), Says (Viktor, 64), Kebe (Diamanka, 46), Turmo (Sebalos, 46).
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *