"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti PSJga o'tmaydi.
AS xabariga ko'ra, parijliklar 26 yoshli francuz transferi ustida bosh qotirgan, ammo ular Umtitining chap tizzasidagi surunkali muammolar va o'yinchining xatti-harakatlari tufayli kataloniyaliklar bilan muzokaralarga kirishishni istashmagan.
Umtitining o'zi ham ushbu transfer oynasida "Barselona"dan ketmoqchi emas. U o'tgan mavsumda La Ligada 13 ta o'yinda maydonga tushdi.