Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman: «Suares jamoada qolsa, uni ham boshqa futbolchilar kabi ko‘raman»

Kuman: «Suares jamoada qolsa, uni ham boshqa futbolchilar kabi ko‘raman»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman urugvaylik hujumchi Luis Suaresning jamoada qolishi ehtimoli haqida gapirdi.
«Luis bilan gaplashdim. U ketishi mumkinmi yoki yo‘qligini kutamiz. Ammo futbolchilarning shartnomalarini hurmat qilamiz. Agar Suares «Barselona»da qolsa, uni ham boshqa futbolchilar kabi ko‘raman», – deya Kumanning so‘zlarini keltiradi Marca.
Kuman 33 yoshli forvardni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmasligi xabar qilingandi. Futbolchi ketishga tayyor, ammo shartnoma bekor qilinishi uchun kompensatsiya olmoqchi.
Suares «Barselona»da 2014 yildan beri o‘ynaydi. U o‘tgan mavsumda klublar miqyosidagi barcha turnirlar doirasida 36ta o‘yinda maydonga tushib. 21ta gol urdi va 10ta golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *