Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Neymar, Paredes va Kurzava nechtadan o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi

Neymar, Paredes va Kurzava nechtadan o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Fransiya professional futbol ligasi chempionatning 3-turidan o‘rin olgan «PSJ» – «Marsel» (0:1) o‘yinida janjallashgan futbolchilarning diskvalifikatsiya muddatini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, bahs so‘ngida yuzaga kelgan ziddiyat tufayli o‘yin bosh hakami Jerom Brisar «PSJ»dan Neymar, Leandro Paredes va Leven Kurzavani, «Marsel»dan esa Jordan Amavi va Dario Benedettoni maydondan chetlatgandi.
Qo‘mita qaroriga ko‘ra, Kurzava 6, Amavi 3, Neymar va Paredes 2, Benedetto esa 1 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Shunindek, qo‘mita «Marsel» himoyachisi Alvaro Gonsalesning Neymarga irqchilik qilgani, «PSJ» vingeri Anxel Di Mariyaning esa Gonsalesga tupurgani yuzasidan tekshiruv ishlarini boshladi.
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *