
«PSJ» futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning ishidan norozi, deb yozadi RMC Sport.
Manbaga ko‘ra, Fransiya chempionatidagi muvaffaqiyatsiz startdan so‘ng klub o‘yinchilari Tuxelga nisbatan ishonchlarini yo‘qotishgan.
Xabar qilinishicha, «Marsel»ga (0:1) qarshi o‘yindan so‘ng parijliklarning kiyinish xonasidagi muhit juda yomon bo‘lgan. Futbolchilar bir-birlari bilan Tuxelning taktikasi to‘pni Neymarga berishdan iborat, deb hazil qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, «PSJ» Liga 1da dastlabki 3ta turda 2 bor mag‘lub bo‘ldi va turnir jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi.