Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman Seten tufayli La Liga startida rasman bosh murabbiy sifatida ishlay olmasligi mumkin

Kuman Seten tufayli La Liga startida rasman bosh murabbiy sifatida ishlay olmasligi mumkin

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman rasmiy o‘yinlarda zaxira o‘rindig‘idan joy olish uchun haligacha La Liga tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.
Cadena COPE’ning yozishicha, Ispaniya futbol federatsiyasi niderlandiyalik murabbiyning Kataloniya klubida to‘laqonli bosh murabbiy bo‘lib ishlashi uchun haligacha ruxsatnoma bermagan. Sababi «Barselona» klubi iste’foga chiqarilgan sobiq bosh murabbiy Kike Seten bilan shartnomani bekor qilish masalasini hal etmagan. Seten klubdan tovon puli undirib olmoqchi. O‘zaro shartnoma rasman bekor bo‘lgach, La Liga Kumanni bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ungacha niderlandiyalik mutaxassis o‘yinlar davomida zaxira o‘rindig‘i va texnik hududdan rasmiy shaxs sifatida joy olmaydi.
Ma’lumot uchun, klub rahbariyati 17 avgust kuni Seten iste’foga chiqarilganligini e’lon qilgan bo‘lsa, 19 avgust kuni Kumanni bosh murabbiy sifatida tanishtirgan edi.
«Barselona» La Liga doirasidagi dastlabki uchrashuvni «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.  O‘yin sanasi hali e’lon qilinmagan.
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *