Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Bavariya» Tiago Alkantara «Liverpul»ga o‘tishini tasdiqladi. Transfer qiymati 30 million yevro

«Bavariya» Tiago Alkantara «Liverpul»ga o‘tishini tasdiqladi. Transfer qiymati 30 million yevro

Автор: admin

«Bavariya» boshqaruv raisi Karl-Xayns Rummenigge klub yarimhimoyachisi Tiago Alkantaraning «Liverpul»ga o‘tishini tasdiqladi.
«Nihoyat «Liverpul» bilan kelishuvga erishdik. Tiago faoliyati yakunida o‘zini yangi muhitda sinab ko‘rishga qaror qilgandi», - dedi Rummenigge.
«Bavariya» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham jamoa yarimhimoyachisi Tiago Alkantaraning «Liverpul»ga o‘tayotgani haqida gapirib, ingliz klubini ajoyib o‘yinchini qo‘lga kiritigani bilan qutladi.
«Tiago – ajoyib o‘yinchi, u biz uchun muhim futbolchi edi. Murabbiylar shtabi uchun Alkantara bilan ishlash maroqli bo‘ldi.
Tiago bilan xayrlashishimiz oson kechmadi. «Liverpul»ni ajoyib inson va futbolchini qo‘lga kiritgani bilan chin dildan tabriklayman», - deydi Myunxen klubi ustozi Bild’ga.
The Athletic nashrining yozishicha, «Liverpul» 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun Myunxen klubiga 30 million yevro transfer puli to‘lashga kelishgan.
Ma’lumot uchun, Tiago o‘tgan mavsumda «Bavariya» safida Bundesligada 24 o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga mualliflik qilgan.
73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *