Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Inter" MYu futbolchisini jalb qilmoqchi

"Inter" MYu futbolchisini jalb qilmoqchi

Автор: admin

"Inter" yana MYudan futbolchi xarid qilmoqchi.
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling jamoani tark etishi mumkin.
30 yoshli futbolchining xizmatlariga "Roma" klubi qiziqish bildirdi, ammo "qizil-iblislar" rimliklarning taklifini rad etdi. Manchester klubi Smollingning transferidan 20 mln evro ishlab olishni maqsad qilmoqda.
Himoyachiga endi "Inter" klubi ham qiziqmoqda, deb xabar berdi Calciomercato.
"Neradzurrilar" Romelu Lukaku va Aleksis Sanchesning transferidan keyin, ingliz klubi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan.
Smolling o‘tgan mavsumni "Roma"da ijara asosida o‘tkazib, A Seriya doirasida 30 ta bahsda maydonga tushdi.
81   
Добавить комментарий
Ваше имя: *