Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” prezidentiga ishonchsizlik votumi e’lon qilinishi mumkin

“Barselona” prezidentiga ishonchsizlik votumi e’lon qilinishi mumkin

Автор: admin

“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeuga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qilinadi, deya xabar qilmoqda Marca.
Mazkur tashabbus tashkilotchilari 18 mingta imzo to‘plashga erishgan, buning uchun 16 521 imzo yetarli edi.
Keyingi bosqichda klubda imzolarning haqqoniyligi tekshiriladi. Shundan keyin referendum o‘tkaziladi.
Agar ovoz beruvchilarning uchdan ikki qismi tashabbusni yoqlab chiqsagina ishonchsizlik votumi qabul qilinadi. Shu bilan birga ularning kamida 10 foizi klub a’zolari bo‘lishi kerak.
Agar ishonchsizlik votumi qabul qilinadigan bo‘lsa, direktorlar kengashi avtomatik tarzda tarqatib yuboriladi.
Agar ishonchsizlik votumi qo‘llab-quvvatlanmaydigan bo‘lsa, u holda keyingi ovoz berish jarayoniga bir yilgacha ruxsat berilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu faoliyati anchadan beri klubning ayrim muxlislari va futbolchilariga yoqmayapti.
“Barselona” klubi 2021-yilning mart oyida prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *