Goal24.uz » O'zbekiston » «Paxtakor» yarimhimoyachisi «Energetik-BGU» safiga o‘tdi

«Paxtakor» yarimhimoyachisi «Energetik-BGU» safiga o‘tdi

Автор: admin

Belarusning «Energetik-BGU» klubi rasmiy sayti o‘zbekistonlik yana bir futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganligini e’lon qildi.

Toshkentning «Paxtakor» klubi yarimhimoyachisi Humoyunmirzo Iminov legionerga aylandi. 20 yoshli futbolchi «Energetik-BGU» bilan shartnoma imzolagan. Iminovning ijara asosida o‘tganmi yoki transfer qilinganmi – ma’lum qilinmagan.
Humoyunmirzo Iminov 2000 yilning 15 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Uzun shaharchasida tug‘ilgan. Avvalgi yillarda klubning yoshlar jamoasida, bu mavsum davomida «Paxtakor» safida O‘zbekiston Superligasi, OCHL bahsida debyutini o‘tkazgan.
Iminovdan tashqari «energetikchilar» safida yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov ham to‘p surmoqda. U yanvar oyida BATE safiga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, Jasurbek Yaxshiboyev ham yil boshida «Paxtakor»dan «Energetik-BGU» safiga ijara asosida o‘tgan va ajoyib o‘yinlari evaziga Soligorskning «Shaxtyor» klubidan taklif olgandi. Yaxshiboyev hozirda Belarus Oliy ligasining to‘purari sanaladi (13ta gol).
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *