Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
«Lids» ilgarilab ketmoqda
 
Angliyaning «Lids» jamoasi Zagrebning «Dinamo» klubi himoyachisi Yoshko Gvardiola bilan jiddiy qiziqib qoldi.
«The Mirror» nashrining ma’lum qilishicha, «tovuslar» 18 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi uchun kurashda g‘olib chiqish ingliz klubi «Dinamo»ga 18 million yevro taklif qilish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» YECHLning guruh bosqichiga chiqa olmagach, o‘z futbolchilarini transferga qo‘yishga qaror qilgan.
“Aston Villa” transferga yaqin
 
Angliyaning “Aston Villa” jamoasi «Lion» vingeri Brtran Traore bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.
«Sky Sport» nashrining ma’lum qilishicha, Birmingem klubi Traore uchun 17 million yevrodan voz kechishga tayyor. Yana 2 million yevro esa, turli bonuslar tariqasida «Lion» g‘aznasiga borib tushishi ko‘zda tutilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Traore allaqachon shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan va transfer tez orada rasman e’lon qilinadi.
«Roma» rad javobini oldi
 
Rimning «Roma» klubi Ukrainaning «Shaxtyor» klubi yarim himoyachisi Manor Solomon borasida rasmiy taklif yuborgan edi.
“Calciomercato” nashrining ma’lum qilishicha, «konchilar» «bo‘rilar» tomonidan taklif qilingan 12 million yevro evaziga o‘z futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas.
Manbaning ma’lum qilishicha, Ukraina klubi Solomonning transferidan 25 million yevro ishlab olish niyatida.
Saad ortga qaytmoqchi
 
Angliyaning “Arsenal” jamoasi qanot himoyachisi Saad Kolashinas Bundesligaga qaytib ketishga juda yaqin.
«Sky Sport» nashrining ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchining xizmatlari bilan «Bayer» va «Shalke» klublari qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, bosniyalik futbolchi oilaviy sabablarga ko‘ra ortga qaytib ketishga qaror qilgan.
“Leypsig» ishga kirishdi

Germaniyaning «RB Leypsig» jamoasi Timo Vernerning o‘rnini boshqa futbolchi bilan to‘ldirmoqchi.
“The Athletic” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa transfer huquqi «Kristan Pelas» klubiga tegishli bo‘lgan Aleksander Serlot bilan kelishuvga erishgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, «buqalar» norvegiyalik futbolchi uchun 22 million funt sarf etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi «Trabzonspor» klubida o‘tkazgan edi.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *