Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartomeu muddatidan avval iste’foga chiqishi mumkin

Bartomeu muddatidan avval iste’foga chiqishi mumkin

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu muddatidan avval iste’foga chiqishi mumkin. Chunki, unga nisbatan ishonchsizlik votumi ilgari surildi.

"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu tashabbus tashkilotchilari 18 mingta imzo to‘plab, payshanba kuni uni klubga yetkazishdi.

Imzolar soni tasdiqlansa, «Barselona» referendum o‘tkazib, Bartomeu o‘z lavozimida qolish kerakmi yoki yo‘qmi, degan savolga aniqlik kiritib oladi. Agar so‘rovda ishtirok etganlarning uchdan ikki qismi prezidentning iste’fosi uchun ovoz berishsa, jamoani uni o‘z lavozimidan bo‘shatib, yangi saylov o‘tkazadi.

Avvalroq «Barselona» navbatdagi prezidentlik saylovi 2021 yilning 20–21 mart kunlari o‘tkazilishi haqida ma’lumot tarqatgan edi.
Manba: sport24.ru
121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey