Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Beylning agenti mijozi «Tottenhem»ga qanday shartlar asosida o‘tayotganini aytdi

Beylning agenti mijozi «Tottenhem»ga qanday shartlar asosida o‘tayotganini aytdi

Автор: admin

«Real» vingeri Garet Beylning agenti Ispaniyaning AS nashriga mijozining London klubiga o‘tishi borasida so‘nggi masalalar hal qilinganini tasdiqladi.
Manbaga ko‘ra, «Tottenhem» 31 yoshli uelslik futbolchini ijaraga oladi va uning maoshining yarmini to‘lab boradi. 
Avvalroq Beylning 18 sentyabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish va «shporlar» bilan shartnoma imzolash uchun Londonga borishi haqida xabar berilgandi.
Beyl «Real»ga 2013 yili 101 mln yevro evaziga «Tottenhem»dan o‘tgan. U o‘tgan mavsumda La Ligada 16ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan. Uning «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *