Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ferran Torres: «Manchester Siti» – Messisiz ham fantastik jamoa»

Ferran Torres: «Manchester Siti» – Messisiz ham fantastik jamoa»

Автор: admin

«Manchester Siti»ga yozgi transferlar oynasida «Valensiya»dan kelib qo‘shilgan 20 yoshli ispaniyalik yarimhimoyachi Ferran Torres ingliz klubiga o‘tishi haqida gapirdi.
«Gvardiola bilan suhbatlashganimda, u menga Manchesterga kelishim kerakligini va transferim jamoa uchun muhim bo‘lishini aytdi. O‘sha suhbatdan so‘ng transfer amalga oshishiga to‘liq ishonardim. 
Messining «Siti»ga o‘tishi? O‘ylashimcha, usiz ham bizda fantastik jamoa bor. Bizda har qanday raqibga qarshi o‘ynay oladigan futbochilar yig‘ilgan va biz Chempionlar Ligasida ham ko‘p narsaga qodirmiz. 
«Liverpul» – chindan ham kuchli jamoa. Ular buni so‘nggi yillarda isbotlashdi. Ammo bizda ham Premer-ligada g‘olib chiqa oladigan sifatli jamoa bor, deb o‘ylayman. Shaxsiy maqsadlarimga kelsak, doimo gollar urishni va jamoadoshlarimga yordam berishni xohlayman. Lekin avval jamoada o‘z o‘rnimni topishni istayman», – deya Torresning so‘zlarini keltiradi Goal.
74   
Добавить комментарий
Ваше имя: *