Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Yevropa Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

UEFA Yevropa Ligasining 2019/20-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra ro‘yxatdan to‘rt nafar futbolchi o‘rin olgan. Bular: “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku, “Sevilya” yarim himoyachisi Ever Banega va “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh.
Lukaku “Inter” bilan musobaqa finaliga qadar yetib borgan va o‘z nomiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Banega “Sevilya” safida turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Brunu Fernandesh esa mavsumni “Sporting” bilan boshlab, keyinchalik (fevral oyida) “Manchester Yunayted”ga o‘tdi. Umumiy hisobda u 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi.
G‘olib 2-oktabr kuni Yevropa Ligasining 2020/2021-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.
94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *