
UEFA matbuot xizmati 2019/20-yilgi Chempionlar Ligasining eng yaxshi uch hujumchisini
aniqladi.
![]()
Endilikda Robert Levandovski (“Bavariya”), Kilian Mbappe va Neymar (ikkalasi ham PSJ) musobaqaning eng yaxshi forvardi unvoni uchun kurash olib boradi.
G‘olib 1-oktabr kuni Chempionlar Ligasining 2020/2021-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumida “Bavariya” PSJni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.