Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kike Setyen “Barselona”ni sudga beradi

Kike Setyen “Barselona”ni sudga beradi

Автор: admin

“Barselona” sobiq bosh murabbiyi Kike Setyen o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Kataloniya klubiga qarshi sud jarayonlari e’lon qilingan bayonotini joylashtirdi.
“Barselona” Setyenning ishdan bo‘shatilishini rasmiy ravishda murabbiy vazifasidan ozod qilinganidan bir oy o‘tgach ma’lum qilgan. Shunga ko‘ra, uning shartnomasi bu vaqtda amalda bo‘lgan.
Setyen o‘z bayonotida “sukunat oyi”dan norozi ekanligini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu unga ishdan bo‘shatish shartlari to‘g‘risida xabar bermagan va hatto bu masalani muhokama ham qilmagan.
Diario AS nashrining xabar berishicha, Setyenning advokatlari “Barselona”dan 4 million yevro miqdoridagi kompensatsiya puli talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar” ichki musobaqalar va Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Kike Setyenni iste’foga chiqargandi.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *