Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. 7ta gol urilgan bahsda «Everton» ketma-ket 2-g‘alabasini qo‘lga kiritib, peshqadamga aylandi

APL. 7ta gol urilgan bahsda «Everton» ketma-ket 2-g‘alabasini qo‘lga kiritib, peshqadamga aylandi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 2-turiga start bergan o‘yinda «Everton» «Vest Bromvich»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida turnir debyutantlari hisobni ochgan bo‘lsa-da, 31-daqiqada Kelvert-Lyuin muvozanatni tikladi.
Bo‘lim yakunida esa Xames ajoyib zarbasi bilan APLdagi ilk golini kiritdi. Tanaffusdan avval esa mehmonlar himoyachisi Gibbs qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.
Ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida Pereyra jarima zarbasini mukammal amalga oshirib, hisobni tenglashtirgan edi. Ammo qolgan daqiqalarda Karlo Anchelotti jamoasini to‘xtatib bo‘lmadi. Kelvert-Lyuin het-trigini nishonlagan bo‘lsa, Kin Xamesning uzatmasidan keyin o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi – 5:2.
Dastlabki ikki o‘yinda 6 ochko jamg‘argan «Everton» APL turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi.
APL. 2-tur. 19 sentyabr 
Everton – Vest Bromvich 5:2

Gollar: 0:1 – 10 Diangana, 1:1 – 31 Kelvert-Lyuin, 2:1 – 45 Xames, 2:2 – 47 Mateus Pereyra, 3:2 – 54 Kin, 4:2 – 62 Kelvert-Lyuin, 5:2 – 66 Kelvert-Lyuin. 
Everton – Pikford, Koulmen, Kin, Mina, Din, Dukure (Sigurdsson, 65), Allan, Andre Gomesh, Xames (Kin, 78), Risharlison, Kelvert-Lyuin (Ivobi, 71).
Vest Bromvich – Jonston, Gibbs, O`Shi, Ferlong, Adjayi, Soyers (Fild, 75), Livermor, Mateus Pereyra (Fillips, 71), Diangana (Edvards, 71), Robinson, Bartli.
Chetlatish: Gibbs (45), Bilich (45, «VB» bosh murabbiyi).
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *