Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Kosta ketadimi?

Madridning “Atletiko” jamoasi Diyego Kostani transferga qo‘yishga qaror qildi.
“Goal” nashrining ma’lum qilishicha, “matraschilar” Diyego Kostani borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ispaniyalik hujumchining hizmatlari bilan “Fiorentina”, “Milan” va “Fenerbahche” jamoalari qiziqib qolgan.
Alli PSJda?!

Londonning “Tottenhem” jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli faoliyatini “Liga 1”da davom ettirishi mumkin.
“Telegraph” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi bilan PSJ klubi jiddiy qiziqib qolgan va muzokaralarni faol o‘tkazmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, ingliz futbolchisining “Tottenhem” bilan munosabatlari yaxshi emas. Boz ustiga, futbolchi faoliyatidagi ilk sovrinini yutishni juda istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Allining “shporlar” bilan tuzgan shartnomasi 2024-yilda o‘z yakuniga yetadi.
Firpo “A seriya”ga yo‘l oladimi?

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi himoyachisi Ektor Firpo faoliyatini “Atalanta” jamoasida davom ettirishi mumkin.
“Tuttomercato” nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchining agenti ayni damda Italiyada. Manbaning ma’lum qilishicha futbolchining agenti shuningdek, “Fiorentina” va “Inter” klublari bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Barselona” o‘z futbolchisini transferga qo‘yishga qaror qilgan.
“Yuventus” Suaresga “tog‘ri tushuntirib yubordi”

Turinning “Yuventus” jamoasi urugvaylik hujumchi Luis Suares borasida yakuniy qarorga keldi.
“LeGazzetaDellaSport” nashrining ma’lum qilishicha, “Yuventus” Suaresni sotib olish fikridan qaytdi. Jamoa endi bor e’tiborini Edin Jekoning transferiga qaratadi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “zebralar” sport direkoti Fabio Paratichi shaxsan o‘zi Luis Suaresga qo‘ng‘iroq qilgan va u bilan hech qanday shartnoma imzolanmasligini ma’lum qilgan.
Semedu APLda!

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi himoyachisi Nelson Semedu faoliyatini APLda davom ettiishi mumkin.
Jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, “Barselona” 19-sentyabr sanasida “Vulverhempton” klubidan rasmiy taklif olgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi o‘z futbolchisini ingliz klubiga sotishga rozi. Tez orada transfer summasini oydinlashtirib olish borasida muzokaralar boshlanadi.
229   
Добавить комментарий
Ваше имя: *