Goal24.uz » Transfer » Joze Allidan yuz o‘girdi, «Vulverhempton» yana bir portugalni kutmoqda. So‘nggi transfer xabarlari

Joze Allidan yuz o‘girdi, «Vulverhempton» yana bir portugalni kutmoqda. So‘nggi transfer xabarlari

Автор: admin

Joze Mourino Dele Alliни o‘z jamoasi tarkibida ko‘rmoqchi emas. Yozda taqdim etilgan hujjatli filmda Alli haqida juda iliq gapirgan (Fergyuson uch yilda menga faqat bir marta maslahat bergan – Allini sotib olishim kerakligini aytgan) Mourino mavsum startida «Everton»ga qarshi kechgan o‘yinning (0:1) birinchi bo‘limidan so‘ng Allini almashtirib yubordi. Ikkinchi o‘yinda esa umuman zayavkaga kiritmadi. Joze Mourino «Sauthempton»ga qarshi o‘yindan avval Alli maydonga tushmayotganini tarkibda futbolchilar juda ko‘pligi bilan izohladi. «Jarohat? Yo‘q, bizda shunchaki tarkib katta. Bunday jamoani boshqarish osonmas. Zayavkada 18 kishi, yana 10 kishi mashg‘ulotlarda. Futbolchi juda ko‘p. Zaxirada Sissoko, Lamela va Bergveyn – bitta pozitsiyaga shuncha futbolchi», degandi portugaliyalik mutaxassis. Qolaversa, endi Beyl va Regilon ham jamoada.
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gabriel Agbonlaxorning aytishicha, murabbiy va futbolchi qattiq janjallashib qolgan. «Mening manbalarimning aytishicha, Mourino va Alli janjallashib ketgan. Bilamizki, Joze futbolchilarni o‘ldirishni xush ko‘radi va u bu ishini har bir klubida qiladi. Eshitishimcha, Alli «Everton» bilan o‘yinda ham maydonga tushmasligi kerak bo‘lgan – shunchaki Bergveyn kasal bo‘lib qolgan. Tanaffusda almashtirib yuborish esa – qandaydir haqorat. U Keynni yoki boshqa bir futbolchini almashtirishi ham mumkin edii, amm Allini maydondan old. Delega achinyapman».
The Telegraph xabariga qaraganda, «PSJ» ushbu futbolchi bo‘yicha «Tottenhem» bilan muzokaralarni boshlagan. Avvalroq, londonliklar Allini «Manchester Yunayted»ga taklif etishgan va evaziga Jessi Lingardga qo‘shib 50 million funt so‘rashgandi. Ammo manchesterliklar bu taklifga rozi bo‘lishmagan.
Marca nashrida yozilishicha, «Atletiko» Luis Suaresни o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda. RAC1'ning yozishicha, Kataloniya klubi va 33 yoshli futbolchi shartnomani bekor qilish bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Luis «ko‘k-anorranglilar» tomonidan to‘lanadigan tovon pulining bir qismini olmaslikka rozi bo‘ldi. Suares Madrid klubi bilan yillik 9 million yevro miqdoridagi 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Kelishuvning so‘nggi shartlari tez orada ma’lum bo‘ladi.
Urugvaylik hujumchi shuningdek, «Ayaks» yoki «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi. Lekin Andrea Pirlo Suaresning Turinga kelishi juda qiyin masala ekani haqida aytdi.

«Vulverhempton» tarkibi yana bir portugaliyalik futbolchi bilan boyishi kutilmoqda. «Barselona»ning o‘ng qanot himoyachisi Nelson Semedu uchun inglizlar 38 million yevro atrofida pul berishi mumkin. Semedu uch yil oldin Portugaliya chempionatidan «Barselona»ga kelgan va u uchun 30 million yevro to‘langandi. O‘tgan davrda futbolchi jamoa tarkibiga to‘liq kirishib keta olmadi va aksariyat o‘yinlarda murabbiylar Serji Robertoni afzal bilishdi. «Vulqverhempton» esa, aynan o‘ng qanotda to‘p suradigan Mett Doertini «Tottenhem»ga sotib yuborishgandi. Nikolo Shiraning aytishicha, «bo‘rilar» bu bilan kifoyalanmoqchi emas va «Yuventus» vingeri Duglas Kostaga ham xaridor bo‘lishlari mumkin. Kosta kuni kecha «Liverpul»ga o‘tgan Diogu Jotaning o‘rnini bosishi mumkin. Duglas Kosta shuningdek, «Manchester Yunayted» tomonidan Sancho transferiga muqobil sifatida qaralmoqda.
«Lids Yunayted» «Fiorentina» tayanch yarimhimoyachisi Erik Пuльgaрни sotib olish haqida o‘ylamoqda, deb yozadi Nikolo Shira. Chililik futbolchining transferi uning agenti Fernando Felichevich tomonidan ilgari surilmoqda. Italiyaliklar 26 yoshli futbolchini sotishga qarshi emas, ammo kamida 15 million yevro transfer summasidan umid qilishyapti.
«Manchester Yunayted»ning uchinchi darvozaboni Serxio Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. The Mirror nashrining xabariga ko‘ra, «Valensiya» klubi Romero uchun 6 million yevro berishga tayyor. Avvalroq, Romero 8 million funt evaziga «Aston Villa»ga o‘tishi haqida munozaralar bo‘lgandi, ammo yakunda birminhemliklar «Arsenal»dan Emiliano Martinesni sotib olishdi. «Valensiya» esa o‘tgan mavsumda ijara asosida to‘p surgan Silessenning o‘rniga munosib nomzod qidirishda davom etishyapti.
«Sassuolo» markaziy himoyachisi Marlon «Fulhem»ga o‘tishi mumkin. Bu haqida mashg‘ur insayder Janluka Di Marsio xabar tarqatdi. Londonliklarning «Torino» a’zosi Gleyson Bremer hamda erkin agentga aylangan Branislav Ivanovichni transfer qilishga urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. 25 yoshli Marlon o‘tgan mavsumda A Seriyada 23 o‘yinda maydonga tushdi va 8 marta sariq kartochka oldi.
Moskvaning «Spartak» klubi o‘ng qanot himoyasiga asosiy nomzod sifatida Serj Oreни ko‘rmoqda, deb xabar beradi Sky Sports. Ruslar ushbu transfer oynasida bu masalani hal qilishmoqchi. Ore bo‘yicha shuningdek, Italiyaning «Milan» klubi ham qiziqqan, ammo bu klub transfer summasi bo‘yicha «Tottenhem» bilan kelisha olmagan. 
«Napoli» Kalidu Кuлибалини sotishga rozi. Ma’lumki, ikki Manchester klubi ushbu futbolchiga e’tibor qaratishgan, hatto «Manchester Siti» bilan muzokaralar ham boshlangandi. Fabritsio Romanoning aytishicha, «Napoli» futbolchini «Manchester Yunayted»ga taklif qilib ko‘radi va Vudvordning javobidan so‘ng, boshqa klublar bilan muzokaralar o‘tkaziladi. «Sevilya» himoyachisi Kunde bilan bog‘liq xabarlar («Siti» 21 yoshli futbolchi bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi, transfer summasi 55 million yevro atrofida baholanmoqda – The Athletic) shuni ko‘rsatadiki, Gvardiola Kulibaliga bo‘lgan qiziqishini kamaytirgan, «Yunayted» esa, aksincha, APL 1-turidagi Lindelofning xatolaridan so‘ng, yana markaziy himoyachi izlab «bozorga chiqishi» haqiqatga yaqinroq.
«Atletiko»ning o‘ng qanot himoyachisi Santyago Arias «Bayer» a’zosiga aylanishi mumkin, deb yozadi nemislarning Kicker nashri. Leverkuzenliklar 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini bir yilga ijaraga olmoqchi. Avvalroq, futbolchi bilan «Everton», «Roma» va «PSJ» klublari qiziqayotgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgandi.
«Arsenal» markaziy himoyachisi Kalum Chembers uchun «Lids», «Nyukasl» va «Vest Hem» klublari kurash olib borishadi. Bu klublar 25 yoshli futbolchini ijaraga olishmoqchi, ammo «Arsenal» 15 million yevrolik to‘laqonli transferga rozi bo‘lishi mumkin, xolos. O‘tgan mavsumda Chembers APLda 14 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urgan va 1 golga hammualliflik qilgan.
«Torino» «Lion» markaziy himoyachisi Yoaxim Andersen bilan muzokaralarni boshladi. Turinliklar 24 yoshli futbolchini bir yildan keyin 17 million yevroga sotib olish sharti bilan 3 million yevroga ijaraga olishmoqchi. Daniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda 24 million yevro evaziga «Sampdoriya»dan o‘tgandi. Fransiya chempionatida u 18 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol muallifi bo‘lgan.
Di Marsioning yana bir xabariga qaraganda, «Yuventus» himoyachisi Luka Pellegrini uchun «Fiorentina» va «Jenoa» klublari da’vogarlik qilmoqda. 21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni «Kalyari»da ijarada o‘tkazgan va 24 o‘yinda maydonga tushib, 6 assist muallifi bo‘lgandi.
«Uotford» hujumchisi Filip Stuparovich faoliyatini «Udineze»da davom ettiradigan bo‘ldi. Har ikki klub egalari Potsso oilasi bo‘lgani uchun transfer detallari ochiqlanmayapti. 20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida Chexiya va Serbiya chempionatlarida o‘tkazgandi.
Saudiya Arabistonining «Ash Shabob» klubi «Latsio» markaziy himoyachisi Bashtush uchun kurashga qo‘shildi. Arablar angolalik futbolchi uchun 3 million yevro to‘lashga tayyor. 29 yoshli futbolchi uchun shuningdek, Istanbul klublari – «Beshiktosh» va «Boshoqshehir» ham da’vogar bo‘lib turishibdi.
Gazete Futbol nashrida yozilishicha, «Nyukasl» braziliyalik himoyachi Маркаони qo‘lga kiritmoqchi. «Galatasaroy» bosh murabbiyi Fotih Terim 24 yoshli futbolchini ma’lum summadan pastroq narxga sotishga rozi bo‘lmaydi. Futbolchining taxminiy, «Galatasaroy» rozi bo‘lishi mumkin bo‘lgan narxi sifatida 20 million yevro tilga olingan. 
293   
Добавить комментарий
Ваше имя: *