Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Aston Villa» o‘z maydonida «Sheffild Yunayted»ni mag‘lub etdi

APL. «Aston Villa» o‘z maydonida «Sheffild Yunayted»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

Premer-liganing 2-turida «Aston Villa» o‘z uyida «Sheffild Yunayted» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Konsaning 63-daqiqada urgan goli mezbonlarga 3 ochko keltirdi. E’tiborlisi, mehmonlar 12-daqiqadayoq maydonda kamchilik bo‘lib qolishdi, 34-daqiqada esa penaltidan foydalana olishmadi.
G‘alabadan so‘ng «Aston Villa» 3 ochko bilan 9-o‘ringa chiqib oldi. «Sheffild» hisobida esa ochko mavjud emas.
APL, 2-tur
Aston Villa – Sheffild Yunayted 1:0
21 sentyabr, «Villa Park»
Gol: Konsa (63).
Amalga oshirilmagan penalti: Lundstrem (34).
Aston Villa – Martines, Targett, Mingz, Konsa, Kesh, Duglas Luis, Huriheyn (Devis, 62), Grilish, Makginn, Trezege, Uotkins. 
Sheffild Yunayted – Remsdeyl, Stivens, Beshem (Makberni, 68), O`Konnell, Boldok, Flek (Osborn, 63), Berge, Berk, Landstrem, Igan, Makgoldrik (Ampadu, 31).
Ogohlantirishlar: Landstrem (10), Targett (33), Kesh (83), Makginn (84).
Chetlatish: Igan (12).
153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *