Goal24.uz » Transfer » «MYU» braziliyalik himoyachi olmoqda, Kavani Ispaniyaga kelishi kutilmoqda. So‘nggi transfer xabarlari

«MYU» braziliyalik himoyachi olmoqda, Kavani Ispaniyaga kelishi kutilmoqda. So‘nggi transfer xabarlari

Автор: admin

«Manchester Yunayted» va «Portu» o‘rtasida Aleks Telles bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda, deb yozadi Fabritsio Romano. Kelasi mavsumda erkin agentga aylanadigan braziliyalik futbolchi «MYU»ga o‘tishga rozilik bergan, faqat klublar o‘rtasida narx borasida kelishuv qolgan. Himoyachining transfer summasi taxminan 20 million yevro atrofida baholanyapti, ammo inglizlar tez harakat qilishmasa, chap qanot himoyachisi axtarayotgan «PSJ» ham vaziyatga aralashishi mumkin. O‘tgan hafta parijliklar Regilon uchun kurashni «Tottenhem»ga boy bergandi.
Parijni erkin agent sifatida tark etgan Edison Kavanining agenti esa, mijozini «Real»ga taklif qilmoqda. Marca nashri xabariga ko‘ra, 33 yoshli urugvaylik hujumchi yiliga 9 million yevro maosh olmoqchi. Avvalroq, Kavani Portugaliyaning «Benfika» klubiga o‘tishga yaqin turgandi. Yovichni ijaraga berishga urinayotgan madridliklar tajribali hujumchini yana bir opsiya sifatida o‘z safiga qo‘shib olishi ehtimoli bor. Urugvaylik hujumchiga «Atletiko» ham qiziqish bildirayotgandi. Ammo so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Simeone «Barselona»dan ketayotgan Luis Suaresni tarkibga qo‘shib olishni ma’qul ko‘rgan. Edison Kavani 7 yil oldin «PSJ» safiga «Napoli»dan kelib qo‘shilgan, transfer summasi 64,5 million yevroni tashkil qilgandi. 
«Lids Yunayted» «MYU»ning uelslik vingeri Deniel Jeymsни sotib olish uchun muzokaralar o‘tkazmoqda. Klub 22 yoshli futbolchi uchun 12 million funt to‘lashga tayyor ekanini bildirgan. Jeyms o‘tgan yozda 15 million funtga «Suonsi»dan sotib olingan va mavsum boshida juda ishonchli harakat qilib, «MYU»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylangandi. Ammo keyinchalik Meyson Grinvud uni tarkibdan siqib chiqargan bo‘lsa, Jeydon Sanchoning kutilayotgan transferi umuman Jeymsning maydondagi vaqtlarini kamaytirib yuborishi mumkin.
«Yuventus» markaziy yarimhimoyachisi Sami Xedira faoliyatini «PSJ»da davom ettirishi mumkin, deb yozmoqda Sky Germany. Turinliklar 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilmoqchi, Fransiya chempioni esa uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oladi. Xedira o‘tgan mavsumda A Seriyada 12 o‘yinda maydonga tushdi va 1 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi.
«Aston Villa» hujumchisi Mbvana Ali Samatta yaqin kunlarda jamoani tark etadi. Nikolo Shiraning xabar berishicha, tanzaniyalik 27 yoshli futbolchini «Fenerbahche» ijaraga olishi mumkin. Ma’lumki, turklar jamoasi yaqinda asosiy hujumchisi Vedat Murikani «Latsio»ga sotib yuborgandi. Samatta qishda «Genk»dan 10,5 million yevroga xarid qilingan. O‘tgan vaqt mobaynida u APLda 14 o‘yinda qatnashdi va 1 gol muallifi bo‘ldi.
Italiya terma jamoasining sobiq yulduzi Mario Balotelli faoliyatini «Jenoa» tarkibida davom ettirishga yaqin, deb yozadi Di Marsio. O‘tgan mavsumni «Breshiya»da o‘tkazib, erkin agentga aylangan janjalkash hujumchi va klub o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy pallaga yetib kelgan.
Madridning «Real» klubi «Kartaxena» markaziy yarimhimoyachisi Adalberto Карраскильони qo‘lga kiritmoqchi. Bu haqida xabar tarqatgan Diario AS manbasiga ko‘ra, 21 yoshli havbekni sotib olishni shaxsan Zidan iltimos qilgan. Panamalik futbolchining transfer summasi 1 million yevroni tashkil qiladi.

«Vilyareal» «Barselona» markaziy himoyachisi Xorxe Kuyenka transferini hal qildi. Kataloniyaliklar klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 21 yoshli futbolchi 2,5 million yevro evaziga «sariq submarinalar» klubi a’zosiga aylandi. Shuningdek, 4 million yevro miqdoridagi turli bonuslar ham ko‘zda tutilgan.
Marca manbasining ma’lum qilishicha, Luka Yovich «Real»da qolmoqchi emas. Serbiyalik 23 yoshli hujumchi «Real»dagi holatidan qoniqmayapti va sobiq jamoasi «Ayntraxt»ga qaytish niyatida. Yovich o‘tgan yozda 60 million yevroga Madrid klubiga transfer qilingan va 6 yillik shartnomaga imzo chekkandi. Ammo hujumchi jamoa tarkibiga kirishib keta olmayapti – bir yil davomida atigi 15 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urdi, xolos.
Yaqinda yana bir transfer serialiga start berilishi mumkin. L'Equipe xabariga qaraganda, «Liverpul» va «Real» vakillari Kilian Mbappe atrofidagi insonlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Har ikki klub fransiyalik yulduzni kelasi yozda o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan. Mbappe esa qarorini mavsum oxirida e’lon qilishi kutilmoqda.
«Manchester Siti» markaziy himoyachisi Erik Garsiya «Barselona» safiga qo‘shilishi mumkin. Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi o‘z tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish uchun 18 million yevro sarflaydi. 19 yoshli futbolchi 2017 yilda «Manchester Siti» bilan shartnoma imzolagan va shu kungacha 15 o‘yinda maydonga tushib ham ulgurdi. Hozirda futbolchi jamoa bilan alohida shug‘ullanayotganini e’tiborga olsak, transfer amalga oshishi haqiqatga yaqin.
Quyida yozgi transferlar darchasida amalga oshirib bo‘lingan eng qimmat 10 transfer. Hozircha «Chelsi»ga o‘tgan Kay Havers 72 million funt bilan yetakchilik qilmoqda, ammo yaqin ikki haftada Jeydon Sancho, Kalidu Kulibali kabi kutilayotgan transferlar yosh yarimhimoyachini quvib o‘tishi mumkin. O‘nlikda uch transfer aynan «Chelsi» tomonidan amalga oshirilgani e’tiborga molik.

329   
Добавить комментарий
Ваше имя: *