Goal24.uz » O'zbekiston » OCHL. «Paxtakor» «Istiqlol»ni mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi

OCHL. «Paxtakor» «Istiqlol»ni mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi

Автор: admin

Qatarda o‘tayotgan Osiyo Chempionlar ligasi nimchorakfinal bosqichi doirasida «Paxtakor» Eronning «Istiqlol» klubini mag‘lub etib, musobaqaning chorakfinal bosqichiga yo‘llanma oldi. 
Uchrashuvning 32-daqiqasida hisob forslar tomonidan ochildi. Ali Karimining jarima zarbasi oldida Eldor Suyunov ojiz qoldi – 0:1.
43-daqiqaga kelib muvozanat tiklandi. Hojiakbar Alijonovning uzatmasini Dragan Cheran bosh bilan darvozaga yo‘lladi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limni hujumkor boshlagan vakillarimiz 47-daqiqada hisobda oldinga chiqib olishdi. Eren Derdiyo‘qning kuchli zarbasini eronliklar posboni qaytara olmadi – 2:1.
Uchrashuvning qolgan daqiqalarida o‘yindagi ustunlikni o‘z nazoratida saqlagan O‘zbekistonning amaldagi chempioni muhim g‘alabaga erishib, chorakfinal yo‘llanmasiga ega chiqdi. 
26 sentyabr (shanba)
OCHL. 1/8 final

«Paxtakor» - «Istiqlol» (Eron) - 2:1
Hakam:
Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf (Ummon)
Gollar: Драган Cheran 43, Eren Derdiyo‘q 48 - Ali Karimi 32. 
«Paxtakor»: 25.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 15.Yegor Krimets, 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 74), 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farrux Sayfiyev, 77.Eren Derdiyo‘q (11.Igor Sergeyev, 74). 
«Istiqlol»: 1.S. Huseyni, 3.Milad Zakipuri, 4.Ro‘zbeh Chashmiy, 5.Orif Qulami, 6.Ali Karimi, 7.Sheyk Diabate, 8.Farshid Ismoili (17.Zakaria, 69), 10.Mehdi G‘oyedi, 66.Mas’ud Riqi (14.Farshid Bageri, 80), 70.Muhammad Donishgar, 72.A. Motahhari (Arash Rizovand, 53).
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *