Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. Rakitich gol urgan o‘yinda «Sevilya» «Kadis» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

La Liga. Rakitich gol urgan o‘yinda «Sevilya» «Kadis» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 3-turida «Sevilya» safarda «Kadis» mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabaga erishdi. Mezbonlar vakili Salvi Sanchesning goliga andalusiyaliklardan de Yong, Munir va Rakitich javob berishdi. E’tiborlisi, Lopetegi shogirdlari g‘alaba keltiruvchi to‘plarni so‘nggi daqiqalarda kiritishdi.
Dastlabki ikki turni keyinroq o‘ynaydigan «Sevilya» 3 ochko bilan 10-pog‘onaga joylashdi. Raqibidan farqli o‘laroq 3ta o‘yin o‘tkazgan «Kadis» esa 3 ochko bilan 15-o‘ringa tushdi.
La Liga, 3-tur
Kadis – Sevilya 1:3
27 sentyabr, «Ramon de Karransa»
Gollar: Salvi Sanches (48) – de Yong (65), Munir (90), Rakitich (90+4).
Kadis – Sifuentes, Markos Mauro, Espino, Kala, Karselen, Xose Mari (Malbashich, 76), Salvi Sanches (Fali Ximenes, 84), Yonsson (Augusto Fernandes, 71), Pombo (Bodijer, 85), Aleks Fernandes, Negredo (Losano, 77). 
Sevilya – Bunu, Navas, Serji Gomes (Jordan, 60), Diyego Karlos, Akunya, Gudel, Rakitich, Suso (Oskar Rodriges, 69), Oliver Torres (Munir, 61), Okampos (Hil, 78), En-Nesiri (de Yong, 61).
Ogohlantirishlar:  Gudel (58), Suso (67), Kala (78), Augusto Fernandes (90+1), Markos Mauro (90+2), Fali Ximenes (90+6).
147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *