Goal24.uz » Transfer » «Liverpul» Minamino transferini e’lon qildi

«Liverpul» Minamino transferini e’lon qildi

Автор: admin

«Red Bull Zalsburg» klubi hujumchisi Takumi Minamino «Liverpul» a’zosiga aylandi. Bu haqda mersisaydlar klubi rasmiy sayti xabar berdi.
24 yoshli yaponiyalik futbolchi 1 yanvardan qishki transfer oynasi ochilgach, klub libosida maydonga tushish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Kelishuv shartlari ochiqlanmayapti. Takumi yangi klubi safida 18-raqam ostida to‘p suradi.
Takumi Minamino yangi klubidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Liverpul»ga o‘tish orzuim edi. Nihoyat, bu damlar yetib kelganidan baxtiyorman. Premer-ligada to‘p surish bosh maqsadlarimdan biri bo‘lgan. Bu chempionatni dunyoning eng kuchli ligasi deb bilaman. Angliyada to‘p surish haqida ko‘p o‘ylaganman, ammo «Liverpul» sharafini himoya qilish imkoniyati paydo bo‘lishi xayolimga ham kelmagan. Maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutayapman.
Chempionlar ligasi doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yinlar haqida gapirsam, o‘sha bahslarda bu jamoa futbolchilari qay darajada yuqori texnikaga ega ekanligini bildim. O‘shanda Chempionlar ligasi g‘oliblariga qarshi to‘p surayotganligimni sezganman. Bu jamoaning bir bo‘lagi ekanligimdan faxrlanaman. Maqsadim – Premer-liga va Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish hamda klub muvaffaqiyatiga o‘z hissamni qo‘shishdan iborat» - deydi Minamino klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Oldinroq Minaminoning «Liverpul»ga o‘tishi klubga 8 million yevroga tushishi haqida xabar berilgandi. Futbolchining «Red Bull Zalsburg» klubi bilan shartnomasidagi tovon puli aynan shunchani tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Minamino 2015 yilning yanvar oyida Yaponiyaning «Sereso Osaka» klubidan «Red Bull Zalsburg» safiga o‘tgandi. O‘shanda transfer summasi 800 ming yevroni tashkil etgan.
223   
Добавить комментарий
Ваше имя: *