Goal24.uz » Transfer » «MYU» Dembele uchun jiddiy harakat boshladi, «Bavariya» bozorda faollashdi. So‘nggi transfer xabarlari

«MYU» Dembele uchun jiddiy harakat boshladi, «Bavariya» bozorda faollashdi. So‘nggi transfer xabarlari

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning Usmon Dembelega qiziqib qolgani rost bo‘lsa, (bu haqida hatto eng ishonchli insayderlardan biri Fabritsio Romano ham yozdi) uch klub o‘rtasida o‘ziga xos uchburchak hosil bo‘lganini aytish mumkin. Gap shundaki, kataloniyaliklar anchadan beri transferi rejalashtirilayotgan Memfis Depayni sotib olish uchun Usmon Dembele «Yunayted»ga o‘tishiga rozilik berishlari talab qilinadigan ko‘rinmoqda. Depay uch yil oldin «Lion»ga aynan «MYU»dan o‘tgan va inglizlar klubi futbolchining ilk transfer huquqiga egalik qilishadi. Go‘yoki, agar «Barselona» Dembeleni qo‘yib yuborishni istamasa, Vudvord Memfis Depayga e’tiborini qaratishi, bu bilan «tahdid qilishi» ham mumkin. Shu tariqa, 25 million yevroga hal bo‘lishi kutilayotgan Depay transferida kutilmagan qiyinchilik yuzaga keladi. Aslida «Yunayted» uchun Usmon Dembele, «Barselona» uchun Depay zarurroq – ma’lumki, Kuman jamoasida Grizmann ham, Messi ham o‘ng qanotga ko‘proq ixtisoslashishgan, jamoaga Depay kabi chap qanot futbolchisi kerak. «MYU»da esa aksincha, chap qanotda to‘p suradigan hujumchilar yetarlicha, asosiy prioritet sifatida o‘ng qanot vingeri izlanmoqda.
Yozda mukammal jamoadek tasavvur uyg‘otgan «Bavariya» transfer bozorida birdaniga faollashdi – bir qator manbalar bir qancha futbolchilarni Myunxen jamoasi bilan bog‘lashni boshlab yuborishdi. Xususan, Bild nashrining yozishicha, «Atletiko» yarimhimoyachisi Toma Lemar «Bavariya»ning qiziqishlari doirasiga kirib qolgan. Ushbu havbekka shuningdek, «RB Leypsig» ham e’tibor qaratyapti. Sky Sport Deutschland esa, «Chelsi»ning yosh tarbiyalanuvchisi Kallum Hadson-Odoi Londonni tark etib, «Bavariya» safiga qo‘shilishi haqida yozmoqda. Sky Germany nashri xabariga qaraganda, Andrey Kramarich ham «Bavariya» a’zosiga aylanishi mumkin. «Hoffenhaym»ning 29 yoshli hujumchisi Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida qaralmoqda. Futbolchi ushbu mavsumning 2 o‘yinida 5 gol urishga ulgurdi. Gollardan ikkitasi aynan «Bavariya» darvozasiga urilgan. 
Daily Mail nashri xabarida yozilishicha, «Tottenhem» Arkadiush Milik bo‘yicha «Napoli» bilan muzokara olib bormoqda. Londonliklar transfer oynasi yakuniga qadar ushbu transferga ulgurishga umid bog‘lashmoqda. Polshalik 26 yoshli hujumchining transfer narxi taxminan 25 million funt atrofida bo‘ladi. Boshqa bir variant sifatida esa, «Benfika» bilan muzokaralar davom etyapti va hujumchi Karlos Vinisius ijara asosida Londonga kelishi mumkin. Football London nashrining yozishicha, 25 yoshli hujumchi agar Milik varianti amalga oshmasa, «Tottenhem»da bir yil ijarada to‘p suradi va uni 36 million yevroga sotib olish huquqi ham inglizlarda bo‘ladi.
Chempionlar Ligasi guruh bosiqchi oldidan «Marsel» klubi o‘z tarkibini Matteo Genduzi bilan kuchaytirmoqchi, deb xabar beradi Foot Mercato. Mikel Arteta ushbu futbolchini rejalariga kiritmagan, buning ustiga fransiyalik yarimhimoyachi o‘tgan mavsumda klub rahbariyati bilan ham ziddiyatga borgandi. «Marsel» rahbariyati 21 yoshli futbolchini bir yilga ijaraga olmoqchi. «Arsenal» Genduzini ikki yil oldin «Loryan»dan 8 million yevroga xarid qilgandi.
«Everton» markaziy himoyachi qidirishda davom etyapti. Telegraph xabariga ko‘ra, liverpulliklar «Norvich» a’zosi Ben Годфрини asosiy nomzod sifatida ko‘rishmoqda. Klub ushbu 22 yoshli futbolchi 26 million funtdan voz kechishga tayyor. Muqobil variant sifatida esa «Chelsi»ning yosh futbolchisi Fikayo Tomori nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
«Zenit» «Atletiko» markaziy yarimhimoyachisi Ektor Erreraga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi Diario AS. 30 yoshli meksikalik futbolchi bir yil oldin «Portu»dan erkin agent sifatida Madridga kelgandi. O‘tgan mavsumda u 21 o‘yinda maydonga tushib, 2 golga hammualliflik qildi.
Devi Klassan yaqin kunlarda yana «Ayaks»ga qaytishi mumkin. Ikki yil oldin ushbu yarimhimoyachi aynan shu klubdan «Everton»ga transfer qilingandi, ammo Angliyada uning ishlari yurishmadi. Bundesligada esa, futbolchi o‘z o‘yinini qayta topishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan mavsumda u «Verder» safida 33 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 6 assistni amalga oshirdi. Amsterdamliklar sobiq futbolchisi uchun 12 million yevro to‘lashga tayyor.
«Valensiya» Denni Дринкuотерни o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqida Diario AS xabar tarqatdi. 30 yoshli futbolchi yaqinda «Vilyarreal»ga sotib yuborilgan Dani Parexoning o‘rnini bosishi kutilmoqda. Taklif keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni ko‘zda tutadi. Denni «Chelsi» asosiy tarkibiga kira olmay, o‘tgan mavsumni ijarada o‘tkazgandi, londonliklarning bu yozdagi faol xaridlari esa, futbolchining imkoniyatlarini yanada pasaytirib yuborgani shubhasiz.
Plettigoal nashri «Arsenal»ning chap qanot himoyachisi Ensli Meytlend-Naylz «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqida yozmoqda. Manbada keltirilishicha, 23 yoshli futbolchining Manchesterga o‘tishi 80 foizga aniq bo‘lib ulgurgan. Transfer summasi esa 22 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Ammo boshqa nashrlar bunday kelishuv haqida yozmayotganiga ham e’tibor qaratish lozim, zero hozirda «MYU» uchun Aleks Telles asosiy variant bo‘lib turgani, Portugaliya klubi bilan muzokaralar davom etayotgani haqida ishonchli xabarlar ko‘p.
«Lester» vingeri Demerey Grey jamoani tark etishi mumkin. Daily Mail nashri xabariga qaraganda, Deni Jeymsni «Manchester Yunayted»dan sotib olishga urinishi muvaffaqiyatsiz chiqqan «Lids» ushbu variantni ko‘rib chiqmoqda. «Tulkilar» bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan futbolchi nisbatan ancha arzon narxga tushishi mumkin. O‘tgan mavsumda Grey 21 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urgan va 4 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirgan.
«Lids» shuningdek, chap qanot himoyachisi Toddi Kentuellning transferini amalga oshirishi ham mumkin, deb yozmoqda Nikolo Shira. Angliyalik 22 yoshli futbolchi uchun klub 18 million yevro to‘lashga tayyor ekan. Kentuell o‘tgan mavsumda APLda 37 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol muallifi bo‘lgan. Ammo «Norvich» mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazib, ligani tark etdi.
«AZ Alkmar» vingeri Ussama Idrissi esa «Sevilya» klubi qiziqishlari doirasiga kirib qoldi. Marca nashri xabariga ko‘ra, andalusiyaliklar 24 yoshli futbolchi uchun 12 million yevro berishga tayyor. O‘tgan mavsumda ushbu hujumchi Erdiviziyada 25 o‘yinda qatnashib, 13 gol muallifi bo‘lgan va 4 marta golli uzatmani amalga oshirgan.
The Athletis nashrida yozishlaricha, nihoyat Kris Smolling «Roma»ga o‘tadigan bo‘ldi. Rimliklar «Yunayted» talab qilgan 20 million yevrolik chegaraga yaqinlashdi va tez soatlarda transfer hal bo‘ladi. «Yunayted» esa uch pozitsiya bo‘yicha ish olib bormoqda. Agar ko‘ngildagidek variantlar bo‘lsa, «MYU» chap qanot himoyachisi (Aleks Telles), o‘ng qanot vingeri (Sancho yoki Dembele), shuningdek, markaziy hujumchi (Kavani, Yovich) dedlayn so‘nggiga qadar prioritet chiziqlar bo‘ladi.
529   
Добавить комментарий
Ваше имя: *