Goal24.uz » Transfer » Yevropada transferlarning so‘nggi kuni. Kim qayerga o‘tishi kutilmoqda?

Yevropada transferlarning so‘nggi kuni. Kim qayerga o‘tishi kutilmoqda?

Автор: admin

Bugun tunda Yevropadagi ligalarning asosiylari uchun transferlar oynasi yopiladi. Hozir barcha ligalarda ish qaynamoqda – OAVda turli futbolchilarning kelajagi borasida turli xabarlar tarqalmoqda. Quyida bugun hal bo‘lishi kutilayotgan transferlarning asosiylari keltiriladi.
Edinson Kavani – «MYU»ga (erkin agent maqomida)
Urugvaylik forvard ko‘p vaqtdan buyon o‘ziga yangi jamoa izlamoqda. U «PSJ»daligidayoq «Atletiko», «Roma» va «Chelsi» kabi klublar bilan muzokaralar o‘tkazdi. 2020 yil yozida, parijliklar klubini tark etganidan keyin Kavani «Benfika»ga o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Hozirda Edinson «Manchester Yunayted»ga o‘tish arafasida. Bu ma’lumot futbolchining agenti Uolter Gulelmone tomonidan tasdiqlangan. «Bu to‘g‘ri. Biz «MYU» bilan kelishuvga erishganmiz. Transfer bugun rasman e’lon qilinishi kutilmoqda», degan u Inside Futbol agentligi muxbiriga.
Erik Shupo-Moting – «Bavariya»ga (erkin agent maqomida)
O‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi pley-off bosqichida kutilmagan tarzda qahramonga aylangan va «PSJ»ni finalga olib chiqqan kamerunlik futbolchi endi klubdan ketmoqda. Aynan Shupo-Moting yarim final o‘yinida «Atalanta» darvozasiga hal qiluvchi golni urgandi. Umuman, mavsum davomida Erik juda kam o‘yin o‘tkazgan: parijliklarning barcha turnirlar doirasidagi o‘yinlarida atigi 20 marta maydonga tushgan, shundan faqat 8 marta boshlang‘ich tarkibda.
Klub Shupo-Moting bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. Endi kamerunlik joker «Bavariya»ga yo‘l oladigan ko‘rinmoqda. Germaniya va Fransiyadagi nashrlar ma’lumotlariga ko‘ra, Erik myunxenliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Avval u Germaniyada «Nyurnberg», «Gamburg», «Mayns» va «Shalke-04» kabi klublarda to‘p surgan.
Temue Bakayoko – «Chelsi»dan «Napoli»ga
Fransuz futbolchisi «Chelsi»da o‘ynab ketolmadi. U ikki marta ijaraga yuborildi – «Milan»ga va «Monako»ga. Bu jamoalarda Bakayoko yomon o‘ynamadi, ammo «aristokratlar» baribir unga ishonch bildirishmadi. Temue yana ijaraga berilmoqda, bu safar «Napoli»ga. Bakayokoning transferiga neapolitanliklar bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo shaxsan qiziqish bildirgan, ikki yil muqaddam ular «Milan»da hamkorlik qilishgandi.
Federiko Keza – «Fiorentina»dan «Yuventus»ga

«Fiorentina» hujumchisi Federiko Keza «Yuventus» futbolchisiga aylanadi. Bu haqdagi ma’lumot italiyalik taniqli insayderlar – Fabritsio Romano va Janulka Di Marsio tomonidan tasdiqlangan. Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, Turinliklar klubi 22 yoshli futbolchini keyin sotib olish sharti bilan ikki yilga ijaraga olmoqda. Byankoneri birinchi ijara mavsumi uchun 2 mln yevro, ikkinchi mavsum uchun –  8 mln yevro to‘laydi. Ikki yildan keyin esa transfer uchun 40 mln yevro to‘lanadi, florensiyaliklar bonuslar ko‘rinishida yana 10 mln yevro olishi mumkin.
Bugun futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Italiyalik ushbu futbolchi bilan 2025 yilgacha shartnoma tuziladi. Federiko Keza joriy mavsumda «fialkalar» safida uch o‘yin o‘tkazdi va bir gol urib, bir golga uzatma berdi. O‘tgan mavsumda u 37 o‘yinda 11 gol urgan va sheriklarini 9 marta golli pas bilan ta’minlagandi.
Shuningdek, «keksa sinora»ni Duglas Kosta tark etadi — braziliyalik futbolchi «Bavariya»ga o‘tmoqda.
Memfis Depay — «Lion»dan «Barselona»ga
«Lion» hujumchisi Memfis Depay 5 oktyabr kuni «Barselona» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Taniqli jurnalist Nikolo Shiraning yozishicha, ko‘k-anorranglilar fransuz klubiga 25 million yevro to‘laydi (plyus bonuslar). «Lion» klubi sport direktori Junino ham «Barselona»bilan Depay borasida muzokaralar o‘tkazilayotganini tasdiqlagan. «Depay «Barselona» bilan kelishuvga erishgan. Ehtimol u ertaga «Barsa»ga yo‘l olar. Lekin aniq emas», deya uning so‘zlarini keltirgan El Chriringuito.
Memfis Depay «Lion»ga 2017 yil «Manchester Yunayted» safidan kelgandi, uning klub bilan shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan, Transfetmarkt portali futbolchining transferini 44 million yevroga baholagan. Jurnalist Fabritsio Romano katalonlar klubi Depay bilan shartnoma imzolash uchun avval Usmon Dembeleni «Manchester Yunayted»ga sotishga rozilik berishi shart bo‘lishini aytgandi - ingliz klubi ham niderlandiyalik futbolchini sotib olish huquqiga ega.
Shuningdek, kataloniyaliklar «Manchester Siti» himoyachisi Erik Garsiyaning transferini hal qilishgan. Inglizlar klubi ushbu futbolchi transferidan 15 million yevro (plyus bonuslar) oladi. Erik Garsiya «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yilda «Manchester Siti» tizimiga o‘tgan. O‘tgan mavsumda 19 yoshli futbolchi inglizlar klubining barcha turnirlar doirasidagi 25 o‘yinida maydonga tushgan va Ispaniya terma jamoasida ham debyut qilgan.
Joau Mariu – «Inter»dan «PSJ»ga
Londonning «Vest Hem» va Moskvaning «Lokomotiv» klublarida ijara asosida o‘ynab kelgan bu futbolchi yana «Inter»ga kerakmas bo‘lib qoldi. Portugaliyalik yarimhimoyachining transfer huquqiga egalik qiluvchi italyanlar klubi uning narxini 18 mln yevroga baholamoqda. Yozda ruslar klubi uni xarid qilmoqchi bo‘lganida «Inter» aynan shuncha so‘ragandi. Lekin futbolchining transfer summasi Transfermarkt portalida 13 mln yevro qilib ko‘rsatilgan.
Yozda «Lokomotiv» narx qimmatlik qilib muzokaralarni to‘xtatgan va Joau «Inter»ga qaytgandi. Mariu «Marsel»ga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqaldi, ammo portugaliyalik futbolchi yakunda Fransiyaning boshqa bir klubi – «PSJ» safida paydo bo‘ladigan bo‘ldi. Hozircha Mariu to‘liq sotib olinishi yoki ijara asosida Parijga o‘tishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Joau yaqin soatlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, yangi klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu futbolchi uchun sobiq jamoasi «Sporting» va Italiyaning «Torino» klublari ham raqobat qilmoqda.
Jastin Klyuyvert – «Roma»dan «RB Leypsig»ga
Afsonaviy Patrik Klyuyvertning o‘g‘li «Roma»ning asosiy tarkibidan joy ololmayapti. Jastin joriy mavsumdagi o‘yinlarda ikki marta zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, atigi 18 daqiqa o‘ynadi, «Yuventus» bilan o‘yinda esa o‘yin oxirigacha zaxirada qoldi. Klyuyvertlarning kichigi o‘yin amaliyoti uchun yoshlar bilan ishlashni ma’qul ko‘ruvchi «RB Leypsig»ga yo‘l olmoqda. Ushbu 21 yoshli futbolchiga Germaniyaning boshqa bir jamoasi «Herta»dan ham qiziqish mavjud edi. Italyan jurnalisti Fabritsio Romanoning yozishicha, niderlandiyalik futbolchi 1,5 million yevro evaziga bir mavsumga ijaraga berilmoqda. Shu bilan birga, «RB Leyspig»da uning transferini sotib olish huquqi ham bo‘ladi.
Mario Gyotse – «Herta»ga (erkin agent maqomida)
Germaniyadagi Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, Gyotse «Herta» a’zosiga aylanadi. Berlinliklar klubi Marioga anchadan buyon jiddiy qiziqish bildirib kelmoqda. Endi erkin agent maqomini olgan futbolchi bo‘lajak klubi bilan muzokara olib bormoqda. Gyotsening transferi bo‘yicha «Herta» bosh murabbiyi Bruno Labbadianing o‘zi shug‘ullanmoqda. Hozirda Marioning maoshi masalasi muhokama etilmoqda: Dortmundning «Borussiya»si safida u yiliga 10 mln yevro olgan, berlinliklar esa unga 5 million yevro taklif qilishmoqda. «Bavariya» ham, aniqrog‘i jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uni ortga qaytarishni istagandi, ammo klub rahbariyati bunga rozilik bildirmadi. Endi Marioda faoliyatini davom ettirish uchun variantlar ko‘p emas.
Aleks Telles – «Portu»dan «MYU»ga

«Portu» himoyachisi Aleks Telles «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin turibdi. Braziliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va «MYU» bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga kelgan. U bugun yangi jamoasi bilan «4+1» sxemasida shartnoma imzolaydi. Avvalroq «Portu» ushbu 27 yoshli qanot himoyachisi transferi uchun 20 million yevro olishi xabar qilingandi.
437   
Добавить комментарий
Ваше имя: *