Goal24.uz » Transfer » «MYU», «Arsenal» va «Bavariya» faol, «Barselona» yangi futbolchi olmadi. So‘nggi kundagi asosiy transferlar

«MYU», «Arsenal» va «Bavariya» faol, «Barselona» yangi futbolchi olmadi. So‘nggi kundagi asosiy transferlar

Автор: admin

Yevropada seshanbaga o‘tar kechasi transferlar darichasi yopildi. So‘nggi kun har doimgi kabi intrigalarga boy kechdi. Dedlayn arafasida chindan ham bir qator qiziqarli transferlar amalga oshdi va ulardan biri «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeoneni g‘azablantirdi ham. Quyida so‘nggi kunning asosiy transferlari haqida.
Edinson Kavani, «Manchester Yunayted»ga erkin agent sifatida
«PSJ»ning sobiq forvardi faqat 5 oktyabr kuniga kelib yangi klubini aniqlab oldi. Kavani o‘tgan mavsumda Parij klubida 22 o‘yinda 7 gol urgan va mavsum yakunida shartnomasi muddati yakunlanishi munosabati bilan erkin agentga aylangandi. Ushbu urugvaylik futbolchi yozda «Benfika», «Roma», «Yuventus» va «Atletiko» kabi klublar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ammo barcha da’vogarlar u haddan tashqari yuqori miqdorda maosh talab qilgani uchun muzokaralarni to‘xtatishdi. Oxir-oqibat eng yaxshi taklif «Manchester Yunayted» tomonidan berildi. Kavani yangi klubi bilan keyinroq yana bir mavsumga uzaytirish sharti bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Angliyada u 10 mln yevro miqdorida yillik maosh oladi.
Aleks Telles, «Portu»dan «Manchester Yunayted»ga

«Manchester Yunayted» nihoyat chap qanot himoyasini kuchaytirdi. Dushanba kuni kechqurun mankunianliklar «Portu» himoyachisi Aleks Telles bilan to‘rt yillik shartnoma tuzdi (keyinroq yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin). Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi 15 mln yevroni tashkil etgan. Braziliyalik futbolchi – hujumga faol qo‘shiluvchi futbolchi bo‘lib, u portugallar jamoasida 195 o‘yinda 26 gol urgan va 57 golli uzatmani amalga oshirgan. «Qizil iblislar» transferlarning so‘nggi kunida «Atalanta»dan 17 yoshli hujumchi Amad Traoreni 21 mln yevroga sotib oldi (keyinroq bonuslar hisobiga bu miqdor 41 mln yevroga yetishi mumkin), u hali 18 yoshga to‘lmagani uchun klubga 2021 yil yanvarida qo‘shiladi. Urugvayning «Penyarol» klubining 18 yoshli yarimhimoyachisi Fakundo Pelistri ham «Manchester Yunayted» o‘yinchisiga aylandi. Klub uni 8,5 mln evaziga transfer qilgan va 5+1 shaklida shartnoma imzolangan.
Erik Shupo-Moting, «Bavariya»ga erkin agent sifatida

«PSJ» bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan kamerunlik hujumchi Erik Shupo-Moting yangi mavsumni Germaniya Bundesligasida davom ettiradi. «Bavariya» 31 yoshli hujumchi bilan bir yillik shartnoma tuzgan, tomonlar mavsum yakunida kelishuvni yana uzaytirishlari mumkin. Germaniya chempionati ushbu futbolchiga begona emas, u 2017 yildan 2017 yilda Angliyaning «Stok Siti» klubiga yo‘l olgunicha «Hamburg», «Nyurnberg», «Mayns» va «Shalke-04» kabi klublari sharafini himoya qilgan. U 2018 yildan buyon parijliklar safida to‘p surib kelayotgandi.
Duglas Kosta, «Yuventusa»dan «Bavariya»ga
Braziliyalik vinger «Bavariya»ga qaytdi, u bu jamoada 2015 yildan 2017 yilgacha ham to‘p surgandi. Chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblari Duglas Kostani mavsum oxiriga qadar ijaraga olishdi. Shu bilan birga, nemislar klubi ushbu futbolchini keyinroq sotib olish huquqiga ega emas. «Bavariya» dedlayn arafasida faol bo‘ldi, Duglas Kostadan tashqari «Espanol»dan 23 yoshli yarimhimoyachi Mark Roxani 15 mln yevroga, «Marsel»dan 28 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Bunu Sarrni 10 mln yevroga xarid qildi. O‘z navbatida, klubning 21 yoshli yarimhimoyachisi Mikael Kyuizans «Marsel»ga bir yilga ijaraga berildi.
Tomas Parti, «Atletiko»dan «Arsenal»ga
Ispaniyadan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Simeoneni Partining «Arsenal»ga o‘tishi qattiq g‘azablantirgan. Argentinalik mutaxassis ganalik yarimhimoyachi «Atletiko»da qolishiga ishongan va taktik rejalarini u bilan bog‘lagandi, ammo inglizlar klubi kutilmaganda so‘nggi kuni uning shartnomasida ko‘rsatilgan 50 million yevro miqdoridagi badal pulini to‘liq to‘lab berishga roziligini bildirib, Madridga xat yozgan. Ushbu 27 yoshli tayanch yarimhimoyachisi yangi klubida 18-raqam ostida to‘p tepadi. Klub u bilan uzoq muddatli shartnoma tuzgan. London klubi yarimhimoyachisi Lukas Torreyra ham qarama-qarshi yo‘nalishda Ispaniyaga yo‘l olgan, «Atletiko» uni ijaraga oldi. Londonliklar yana bir tayanch yarimhimoyachisi Matteo Genduzini «Herta»ga bir mavsumga ijaraga berdi.
Federiko Keza, «Fiorentina»dan «Yuventus»ga
Duglas Kosta «Yuventus»dagi joyini Italiya miliy jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi Federiko Kezaga bo‘shatib berdi. Turinliklar klubi moliyaviy feyr-pleyga amal qilish uchun «Fiorentina» bilan o‘ziga xos transfer kelishuvini tuzdi. Futbolchi dastlabki ikki mavsumda ijara asosida o‘ynaydi. Florensiyaliklarga birinchi mavsum uchun 3 mln yevro, ikkinchi mavsum uchun 7 mln yevro beriladi. Shundan so‘ng Italiya chempionlari Kezaning transfer huquqini sotib olishadi va «Fiorentina» hisobiga yana 40 mln yevro o‘tkazib berishadi. Bundan tashqari, futbolchining o‘yiniga qarab to‘lanadigan bonuslar miqdori 10 million yevrogacha yetishi mumkin.
Danilu Pereyra, «Portu»dan «PSJ»ga

«PSJ» rahbariyati Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun klubga markaziy yarimhimoyachi yetishmayapti, degan xulosaga keldi va tarkibga Portugaliya milliy jamoasi tayanch yarimhimoyachisi Danilu Pereyra qo‘shib olindi. Parijliklar klubi futbolchining bir yillik ijarasi uchun 4 mln yevro to‘laydi. Agar bu futbolchi mavsum davomida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olsa, Fransiya chempionlari uning transferini «Portu»dan sotib olishlari mumkin. «PSJ» transferlarning so‘nggi kunida «Barselona»ning yarimhimoyachisi Rafinya Alkantarani o‘z safiga qo‘shib olgan va u bilan 2023 yilgacha shartnoma tuzilgan. Kelishuvning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan, OAV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu 27 yoshli futbolchi Parijga erkin agent maqomida kelgan. Bir necha kun muqaddam parijliklar klubi sport direktori Leonardo klubning transferlar bozoridagi sustligidan norozilik bildirgan Tomas Tuxelni tanqid qilgandi. 
Temue Bakayoko, «Chelsi»dan «Napoli»ga

O‘tgan mavsumda Temue Bakayoko sobiq jamoasi «Monako»da ijara asosida o‘ynadi, endi esa «Chelsi» ushbu markaziy yarimhimoyachisini «Napoli»ga ijaraga berdi. Jennaro Gattuzo ushbu 26 yoshli fransuz transferida shaxsan tashabbus ko‘rsatdi, Bakayoko «Milan»ga ijaraga berilganida Gattuzo milanliklarga bosh murabbiylik qilgandi. Italyanlar klubi bir mavsum ijarasi uchun 2 mln yevro to‘laydi. «Napoli»da 7 mavsum o‘ynagan Xose Kalexon esa klubni tark etdi: 33 yoshli ispaniyalik erkin agent maqomida «Fiorentina» safiga borib qo‘shildi.
Kris Smolling, «Manchester Yunayted»dan «Roma»ga
«Roma» va «Manchester Yunayted» yoz boshidan buyon Smolling transferi borasida savdolashmoqda. O‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi rimliklar safida ijara asosida o‘ynadi, italyanlarga esa uning o‘yini manzur bo‘ldi va rahbariyat uning transferini sotib olishga qaror qildi. Ammo «MYU» «Roma» taklif qilganidan ko‘proq talab qildi. Tomonlar transferlar darichasi yopilishi arafasidagina qo‘lni qo‘lga berishdi. Mankunianliklar transfer uchun 15 mln yevro olishadi, yana 5 mln yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin. Rimliklar safini esa ikki futbolchi tark etdi: Jastin Klyuyvert «RB Leypsig»ga ijaraga berildi, Diyego Perotti esa «Fenerbahche»ga sotib yuborildi.
Matteo Darmian, «Parma»dan «Inter»ga

Italiyalik himoyachi Matteo Darmian yana top-klubda paydo bo‘ldi: u «Parma»dan «Inter»ga kelib qo‘shildi. «Neradzurri» 30 yoshli futbolchini keyingi yil yozida 2,5 mln yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Antonio Konte Milanda «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchilarini yig‘moqda. Darmiangacha «Inter» safiga mankunianliklarning yana uch nafar sobiq futbolchisi – Eshli Yang, Aleksis Sanches va Romelu Lukaku ham kelib qo‘shilgandi.
«Barselona» faqat sotdi yoki ijaraga berdi
«Barselona» transferlar oynasini muvaffaqiyatsizlik bilan yakunladi. Klub so‘nggi kunga qadar «Lion»dan Memfis Depayni, «Manchester Siti»dan Erik Garsiyani tarkibga qo‘shib olishga urindi, ammo uddasidan chiqa olmadi. Kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi bo‘lgan himoyachi Garsiyani sotib olishga kataloniyaliklar bosslarining xasisligi xalal berli - «Siti» futbolchi uchun 20 million yevro so‘ragandi, «Barsa» esa 17 million yevrodan ortiq to‘lay olmasligini bildirdi. Depay «Barselona»ga kelishi uchun esa, Usmon Dembele «MYU»ga ketishi kerak edi, ammo bu rejalar ham barbod bo‘ldi.
Buning o‘rniga klub yana bir qator futbolchilari bilan xayrlashdi. Braziliyalik yarimhimoyachi Rafinya Alkantara «PSJ»ga borib qo‘shildi, klubda o‘rnini topa olmagan, o‘tgan mavsumni ijara asosida «Shalke»da o‘tkazgan Jan-Kler Todibo «Benfika»ga yo‘l oldi - portugallar uni keyinroq sotib olish huquqi bilan ikki mavsumga ijaraga olishgan. 20 yoshli himoyachi Xuan Miranda esa «Betis»ga ijaraga berildi.
Yana qanday transferlar amalga oshirildi:
Angliyada:
«Everton» «Norvich»dan 22 yoshli markaziy himoyachi Ben Годфрини 22 million yevroga sotib oldi va u bilan 2025 yilga qadar amalda bo‘luvchi shartnoma tuzildi;
«Vulverhempton» 21 yoshli himoyachisi Ruben Винагрени bir yilga Gretsiyaning «Olimpiakos» klubiga ijaraga berdi;
«Vest Hem» yarimhimoyachilari Jek Uilsher va Josh Kallen bilan shartnomani bekor qildi;
«Lids» «Renn»ning braziliyalik vingeri Rafinya bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transfer qiymati – 17+6 mln yevro;
Angliyalik vinger Тео Uolkott «Sauthempton»ga qaytdi – «Everton» uni bir mavsumga ijaraga berdi;
«Everton» «Roma»ning shvetsiyalik darvozaboni Robin Ulsen bilan tarkibni to‘ldirdi – 30 yoshli futbolchi ijaraga olingan;
«Chelsi» yarimhimoyachisi Ruben Loftus-Чикни ijaraga berdi. «Fulhem» angliyalik 24 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
Ispaniyada:
«Sevilya» AZ «Alkmar»dan Ussama Идриссини o‘z safiga qo‘shib oldi. Futbolchi 12 mln yevroga transfer qilindi va u bilan 2025 yilga qadar shartnoma tuzildi.
Ispan klubi «Herta» himoyachisi Karim Рекикни ham transfer qildi. 25 yoshli niderland futbolchisi bilan ham 5 yillik shartnoma tuzilgan. Transfer uchun 4 mln yevro to‘langan.
Lyuka Zidan erkin agent maqomida «Rayo Valekano» safiga borib qo‘shildi.
«Atletiko» hujumchisi Nikola Kalinich «Verona» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi;
«Betis» «Barsa»dan himoyachi Xuan Mirandaни ijaraga oldi. 20 yoshli ushbu futbolchi 2014 yilga qadar «yashil-oqlar» akademiyasida tarbiyalangan, shunday ekan, uni uyga qaytdi desa ham bo‘ladi;
«Atletiko» Tomas Partining «Arsenal»ga transferi doirasida londonliklar yarimhimoyachisi Lukas Torreyraни bir mavsumga ijaraga olishdi.
Germaniyada:
«Hoffenhaym» «Tottenhem»dan Rayan Сессеньонни ijaraga oldi. Londonliklar chap qanot himoyasiga «Real»dan Serxio Regilonni olib kelishgandi;
«Hoffenhaym» «Shalke»dan yarimhimoyachi Sebastyan Рuдини ham ijaraga oldi;
«Bavariya» «Marsel»ga 21 yoshli yarimhimoyachisi Mikael Kyuizansни bir mavsum uchun ijaraga berishdi;
«Herta» «Arsenal»dan yarimhimoyachi Matteo Гендuзини ijaraga oldi.
«Leypsig» «Roma» yarimhimoyachisi Jastin Klyuyvertни bir yilga ijaraga oldi.
Italiyada:
«Fiorentina» «River Pleyt»ning 24 yoshli yarimhimoyachisi Lukas Martines Кuартани 6 million yevroga sotib olib, u bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Shuningdek, «Monako» himoyachisi Antonio Barekku ijaraga olindi;
«Portu» himoyachisi, o‘tgan mavsumda «Zenit» safida Rossiya chempioni bo‘lgan Yordan Osorio 4 million yevro evaziga «Parma»ga o‘tdi;
«Kalyari» «Napoli» vingeri Adam Uнасни bir mavsum uchun ijaraga oldi.
Xose Kalexon – «Fiorentina»ning yana bir yangi futbolchisi. U klubga erkin agent maqomida qo‘shildi.
«Nant» yarimhimoyachisi Jan-Viktor Makengo – «Udineze» futbolchisi. U bilan 2025 yilga qadar amal qiluvchi shartnoma tuzilgan;
«Uotford» yarimhimoyachisi Jerar Deulofeu ijara asosida «Udineze» safiga kelib qo‘shildi.
Urugvaylik vinger Diyego Laksalt ijara huquqi asosida «Milan»dan «Seltik» safiga o‘tdi.
Fransiyada:
«Yuventus»ning 25 yoshli himoyachisi Mattia de Shilo keyingi ikki mavsumni ijara asosida «Lion»da o‘tkazadi;
«Sent-Eten» «Bayer»dan keyinroq 6,5 mln yevroga sotib olish huquqi bilan gretsiyalik markaziy himoyachi Panayotis Рецосни ijaraga oldi;
«Renn» «Anderlext» vingeri Jeremi Doku uchun 27 million yevro to‘ladi va u bilan 5 yillik shartnoma tuzildi. Ekspertlarning yozishicha, ushbu 18 yoshli futbolchi ajoyib driblingga va kuchli zarbaga ega va klub uni keyinroq top-klublarga katta narxga pullashni rejalashtirgan;
«Lion» yarimhimoyachisi Jeff Ren-Adelaid 25 mln yevro evaziga «Nitssa»ga o‘tdi. U oldindagi mavsumni ijara asosida o‘tkazadi, keyin esa to‘laqonli shartnoma tuziladi.
Qolgan ligalarda:
Portugaliya chempionatining o‘tgan mavsumida sensatsiya qilgan markaziy hujumchi Toni Martines «Famalikan»dan «Portu»ga o‘tdi – 23 yoshli ispaniyalik to‘purar uchun «ajdarlar» 3,5 million yevro to‘lashdi;
«Olimpiakos» PSV klubining 25 yoshli portugaliyalik vingeri Брuмuни ijaraga olgan. Kelishuv bir yilga tuzilgan, futbolchining transferi 6,5 mln yevroga baholanmoqda;
Yarimhimoyachi Devi Klassen «Ayaks»ga qaytdi. 27 yoshli futbolchi 2017 yilda Amsterdamni tark etgan, o‘tgan vaqt mobaynida «Everton» va «Verder» klublarida o‘ynagandi. Niderlandiya chempionlari uni 11 mln yevroga sotib olib, u bilan 4 yillik shartnoma imzolandi;
Portugaliyalik yarimhimoyachi Manuel Fernandesh Turkiyaning «Kayserispor» klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi;
«Beshiktosh» «Lester» yarimhimoyachisi Rashid Ғаззолни safiga qo‘shib oldi. Transferning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan;
Rossiyada transferlar darichasi hali ochiq. «Rostov» yarimhimoyachisi Matias Норманнga «Fulhem»dan qiziqish mavjud, rossiyaliklar klubi ushbu futbolchisi transferini 25 mln yevroga baholagan;
«Krasnodar» «Hoffenhaym»dan armanistonlik yarimhimoyachi Sarkis Adamянни sotib olmoqchi.
1 219   
Добавить комментарий
Ваше имя: *