Goal24.uz » Jahon » Kelajak uchun sarmoya: Eng ko‘p mablag‘ sarflangan yosh futbolchilar haqida

Kelajak uchun sarmoya: Eng ko‘p mablag‘ sarflangan yosh futbolchilar haqida

Автор: admin

Deyarli barcha katta klublar muntazam ravishda istiqbolli yoshlarni o‘z safiga qo‘shib keladi. Bunga yaqqol misol, bir necha kun oldin “Barselona” “Ayaks” himoyachisi Serjinyo Dest uchun kurashda “Bavariya”ni yengib, uni o‘z safiga qo‘shib olganidir. Skautlar doimiy ravishda yulduzga aylanishi mumkin bo‘lgan yosh iste’dodlarni izlash bilan ovora. Mana shunday iqtidor topilganida esa klublar (katta) tavakkalga qo‘l urib, jiddiy mablag‘lardan voz kechadi. Demak, quyida eng qimmat vunderkindlar haqida fikr yuritiladi.
Fabiu Silva (18 yosh; 40 million yevro)

Ro‘yxatni eng “barra” transferlaridan biri ochib beradi. Silva atigi bir necha hafta oldin “Portu”dan “Vulverhempton”ga 40 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi. Ko‘rinishidan, Nunu Eshpiritu Santu hamyurtiga haddan tashqari ishonadi. Fabiu “ajdarlar” asosiy jamoasida atigi 1 ta to‘liqsiz mavsumni o‘tkazdi, xolos. Yosh portugaliyalik o‘z klubi tarkibida 12 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta gol urdi. Shu bilan birga “bo‘rilar” safiga o‘tishdan oldin forvard Portugaliya U-19 terma jamoasida ham 5 ta bellashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Tan olish lozim, “Vulverhempton”ga o‘tishidan oldin Silvani futbolga mukkasidan ketgan insonlar ham tanimasdi. “Bo‘rilar” esa uni xarid qilib klubning transfer rekordini o‘rnatdi. Albatta, ilk mavsumdan boshlab, hech kim Silvadan yuqori sermahsullik kutmaydi, ammo yigitcha joriy mavsumda hech bo‘lmaganda nimalarga qodir ekanini isbotlab qo‘yishi lozim, aks holda ingliz matbuot unga ko‘z ochishga ham bermaydi.
Vinisius Junior (18 yosh, 45 million yevro)

Ikki yil avval “Real” 18 yoshli umidli vinger uchun “Flamengo”ga 45 million yevro to‘lagandi. 2018/19-yilgi mavsumdan Vinisius asosiy jamoa o‘yinlarga jalb etila boshladi. Umuman olganda braziliyalik yaxshi harakat qilardi. Madriddagi birinchi mavsumidayoq “qaymoqranglilar” safida barcha musobaqalarda 31 uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 12 golli uzatmaga mualliflik qildi. Bu yangi va yosh futbolchi uchun shunchaki ajoyib ko‘rsatkich.
20 yoshga kelib, Vinisius “Real” tarkibida 70 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Bu “Tottenhem”ga ketgan “qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi Serxio Regilondan ko‘proq edi. Biroq braziliyalik futbolchi hali ham asosiy tarkibdan joy ololmayapti. Zinedin Zidan har doim ham unga asosiy tarkibda ishonch bildiravermaydi. Yana shuni unutmaslik kerakki, Vinisiusda juda kuchli raqobatchiga ega, mazkur pozitsiyasida ko‘p jarohat olishiga qaramay, Marko Asensio asosiy futbolchi hisoblanadi. Biroq bu unda imkoniyat yo‘q degani emas, barchasi faqat Vinisiusning o‘zigagina bog‘liq.
Rodrigo (18 yosh, 45 million yevro)

O‘z siyosatiga amal qilgan holda Madrid yana bir umidli braziliyalikka e’tibor qaratdi. Bu “Santos” vingeri Rodrigo edi. Natijada “qaymoqranglilar” 18 yoshli futbolchining transferini 2019-yil iyul oyida 45 million yevro evaziga rasmiylashtirdi. O‘sha vaqtga kelib, Rodrigo sobiq jamoasida 49 ta uchrashuv, 10 ta gol va 5 ta assistni amalga oshirgandi. Rodirigo ikkala qanot va markaziy hujumchi pozitsiyalarida birdek o‘ynay olishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgandi.
Rodrigoning “Real”dagi debyut mavsumi yomon o‘tmadi. U Galaktikos tarkibida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirgacha futbolchining eng yaxshi o‘yini – Chempionlar Ligasidagi “Galatasaroy”ga qarshi bahs bo‘lib, Rodrigo unda het-trik va assist qayd etgan. Hozircha Rodrigo juda ko‘p o‘ynamayapti, ammo Lukas Vaskes ketishi bilan vaziyat o‘zgarishi mumkin. Vaskes braziliyalik uchun o‘ng qanot vingeri sifatida yagona raqobatchi. Klubning yangi futbolchi sotib olmaganini inobatga olib, agar joriy mavsumda Rodrigo Lukasdan ustunligini isbotlasa, uzoq vaqtgacha ushbu pozitsiyani o‘ziniki qilishi mumkin.
Antoni Marsyal (19 yosh, 60 million yevro)

2014/15-yilgi mavsumda Marsyal “Monako”da samarali mavsum o‘tkazdi. O‘shanda 19 yoshli hujumchi fransuz klubi safida 48 ta o‘yinda 12 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma bergandi. Shundan so‘ng unga “Manchester Yunayted” e’tibor qaratib, o‘sha mavsumning oxiridayoq futbolchini Manchesterga taklif etdi. “Monako” esa Marsyalning transferidan yaxshigina pul ishlab oldi. Klub Marsyalni “Lion”dan 5 million yevroga sotib olib, 2 yildan so‘ng 60 millionga pulladi.
Tumanli Albiondagi birinchi mavsumidayoq Marsyal 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Ammo keyinchalik fransuzning ko‘rsatkichlari pasayib ketaverdi. Faqat o‘tgan mavsumga kelibgina futbolchi jonlana boshladi – forvard APLning 32 o‘yinida 17 gol va 7 golli uzatmaga mualliflik qildi. Marsyaldan bu mavsum ham barqaror o‘yin kutilmoqda.
Matteys de Ligt (19 yosh, 85 million yevro)

2019-yilning iyul oyida “Yuventus” 19 yoshli himoyachi uchun “Ayaks”ga 85 million yevro to‘ladi. Bir oy o‘tgach, de Ligt 20 yoshga to‘lganida, allaqachon A Seriyada o‘ynayotgan edi. Klublar odatda bunday summani faqat alohida natija ko‘rsatgan va yulduz o‘yinchilarga sarflardi. Shuning uchun niderlandiyalikning Turin klubiga o‘tishi ko‘pchilikning  e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga “keksa sinyora”ning qarorini xato deb atash ham mushkul edi. Boisi 19 yoshda bo‘lishiga qaramay, de Ligt “Ayaks” tarkibida 117 uchrashuv o‘tkazgan va jamoa sardori edi. Turinda u Jorjio Kyellininin o‘rnini egallashi kerak edi.
De Ligt darhol “Yuventus”ning asosiy o‘yinchisiga aylandi, chunki bu vaqtga kelib, Kyellini jiddiy jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqandi. Dastlabki bir necha oy de Ligt uchun qiyin bo‘ldi. Yosh himoyachi muntazam ravishda xatolarga yo‘l qo‘yar, muxlislar va OAV tomonidan ayovsiz tanqidlarga uchrardi. O‘sha paytdagi “Yuventus” ustozi Mauritsio Sarri agar Kyellini safda bo‘lsa, de Ligtning har bir o‘yinda maydonga tushmasligini ochiq aytgandi. Ammo vaqt o‘tishi yigitcha o‘ziga kela boshladi, mavsum oxiriga borib esa uning jarohat olgani jamoa uchun katta yo‘qotish deb baholandi.
Joau Feliks (19 yosh, 126 million yevro)

Feliksning “Atletiko”ga o‘tishi hatto Antuan Grizmanning klubdan ketish mavzusini ham yopib yuborgandi. “Matraschilar” “Benfika”ning asosiy tarkibida atigi 1 mavsum o‘tkazgan 19 yoshli hujumchi uchun 126 million yevro to‘ladi. Yosh futbolchi Portugaliya klubi tarkibida chindan ham ajoyib o‘yin ko‘rsatgandi. 2018/19-yilgi mavsumda forvard Lissabon klubi tarkibida 43 o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol va 11 ta golli pasga mualliflik qilgandi. Aynan shu sabab u “Atletiko” diqqatini o‘ziga torta olgandi.
Ammo Feliks uchun Madriddagi birinchi mavsumni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Birinchidan, unga “matraschilar” o‘yiniga qo‘shilish qiyin kechdi. Ikkinchidan, uni doimo jarohatlar ta’qib qildi. Natijada Feliks butun mavsum davomida 36 o‘yinda atigi 9 ta gol urdi, bu markaziy forvard uchun yaxshi ko‘rsatkich hisoblanmaydi. Yosh hujumchi 2020/21-yilgi mavsumda Luis Suares bilan tandemda yaxshiroq harakat qilishi kutilmoqda. O‘tgan yilgi muvaffaqiyatsizlik esa futbolchi uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.
Kilian Mbappe (18 yosh,145 million yevro)

PSJ shov-shuvli transferlarni amalga oshirishni yaxshi ko‘radi. Neymar uchun rekord darajadagi 222 million yevro sarflaganidan bir yil o‘tib, parijliklar 18 yoshli hujumchi uchun “Monako”ga 145 million yevro to‘ladi.
PSJning yosh fransuzga qiziqishi tabiiy hol edi. Chunki Mbappe bungacha o‘zini Liga 1 va Yevrokuboklarda faqat yaxshi tarafdan namoyish etib kelayotgan edi. Yosh hujumchi muntazam ravishda Fransiya chempionatida gol urib, “Monako”ga Chempionlar Ligasida “Bavariya” va “Manchester Siti” kabi nomdor jamoalarni mag‘lub etishga yordam berib kelayotgandi.
Mbappeni sotib olish to‘laligicha o‘zini oqladi. Birinchi mavsumdayoq Kilian barcha musobaqalarda 39 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Forvard milliy liganing deyarli barcha o‘yinlarida gol urdi, Chempionlar Ligasida ham muntazam ravishda gollari bilan jamoaga yordam berib keldi. 2 mavsum davomida hujumchi parijliklar safida umumiy hisobda 91 ta gol urdi va 51 ta golli pas berdi. Mbappe hozir o‘z jamoasining eng yaxshi to‘purari va ko‘plab klublarning orzusi hisoblanadi. Hozircha PSJ Mbappeni amal-taqal qilib o‘z tarkibida ushlab turibdi. Ammo Kilian ertami, kechmi baribir nafaqat PSJni, balki Fransiyani ham tark etadi. Uni hozir Madridda intizorlik bilan kutishmoqda.
488   
Добавить комментарий
Ваше имя: *