Goal24.uz » Jahon » JCH-2022 saralashi. Messi Argentinaga 3 ochko keltirdi, Urugvay Chili bilan o‘yinda 90+3-daqiqada g‘alabani ilib ketdi

JCH-2022 saralashi. Messi Argentinaga 3 ochko keltirdi, Urugvay Chili bilan o‘yinda 90+3-daqiqada g‘alabani ilib ketdi

Автор: admin

Janubiy Amerika mintaqasida 2022 yilgi jahon chempionatining saralash bahslari start oldi va 1-turning 3 o‘yini yakunlandi.
Argentina Lionel Messining penaltidan urgan yagona goli evaziga Ekvadordan ustun keldi.
Urugvay o‘z uyida Chilini qabul qilib, 90+3-daqiqada Maksi Gomesning aniq zarbasi evaziga g‘alabani ilib ketdi. Bungacha jamoalar bittadan to‘p kiritishgandi. Luis Suaresning goliga Aleksis Sanches javob bergandi.
Paragvay – Peru bahsida mehmonlar 85-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
JCH-2022 saralashi, Janubiy Amerika, 1-tur, 9 oktyabr
Argentina – Ekvador 1:0
Gol: Messi (13, penalti).
Argentina – Armani, Otamendi, Talyafiko, Montiyel (Foyt, 84), Akunya (Salvio, 66), de Paul, Lukas Martines, Okampos (Dominges, 84), Paredes, Lautaro Martines (Alario, 76), Messi. 
Ekvador – Dominges, Arreaga, Ferigra (Presiado, 46), Estupinyan, Arboleda, Franko, Ibarra (Plata, 64), Grueso, Mena (Estrada, 87), Valensiya, Kaysedo (Ibarra, 79).

Urugvay – Chili 2:1
Gollar: Suares (39, penalti), Gomes (90+3) – Sanches (54).
Urugvay – Kampanya, Kaseres, Godin, Vinya, Koates, de Arraskaeta (Rodriges, 76), Valverde, de la Krus (Nandes, 56), Bentankur (Arambarri, 76), Suares, Rodriges (Maksi Gomes, 87). 
Chili – Aryas, Serralta, Dias (Roko, 83), Dias, Vegas, Vidal, Arangis, Sanches, Baesa, Vargas (Davila, 68), Fuensalida (Pinares, 68).
Paragvay – Peru 2:2
Gollar: Romero (66, 81) – Karrilo (52, 85).
Paragvay – Fernandes, Alonso, Espinola, Gomes, Riveros, Almiron (Sanabriya, 90), Ximenes (Ortis, 81), Kubas (Sanches, 62), Vilyasanti, Peres (Romero, 63), Leskano (Bobadilya, 63). 
Peru – Galese, Sambrano, 
Advinkula, Trauko, Abram, Akino, Karrilo (Lopes, 87), Kueva (Farfan, 64), Tapiya (Penya, 87), Yotun (Polo, 87), Ruidias (Gonsales, 74).
363   
Добавить комментарий
Ваше имя: *