Goal24.uz » Jahon » JCH-2022 saralashi. Braziliya Boliviyani tor-mor etdi, Kolumbiya «Atalanta» hujumchilarining gollari evaziga Venesueladan ustun keldi

JCH-2022 saralashi. Braziliya Boliviyani tor-mor etdi, Kolumbiya «Atalanta» hujumchilarining gollari evaziga Venesueladan ustun keldi

Автор: admin

Janubiy Amerika qit’asida 2022 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida 1-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.
Kolumbiya o‘z uyida Venesuelani qabul qilib, «Atalanta» hujumchilari Sapata va Murielning (2ta) gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Braziliya esa Boliviya darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi. Firmino dublga erishgan bo‘lsa, Markinos va Koutino ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Shuningdek, mehmonlar vakili Karrasko avtogol sohibiga aylandi.
JCH-2022 saralashi, 1-tur, 10 oktyabr 

Braziliya – Boliviya 5:0
Gollar: Markinos (16), Firmino (30, 49), Karrasko (66, avtogol), Koutino (73).
Braziliya – Ueverton, Markinos, Lodi (Telles, 77), Tiago Silva (Felipe, 71), Danilo, Duglas Luis, Koutino (Everton Ribeyro, 77), Kazemiro, Everton (Rodrigo, 59), Firmino (Risharlison, 71), Neymar.
Boliviya – Lampe, X.Sagredo, M.Sagredo, Valverde, Karrasko, Arabe (Kardoso, 63), Vayyar (Zabala, 84), Bustamante (Gonsales, 80), Saldias (Sespedes, 46), Menacho (Kampos, 62), Miranda.
Kolumbiya – Venesuela 3:0
Gollar: Sapata (16), Muriel (26, 45+3).

Kolumbiya – Vargas, Aryas (Medina, 14), Sanches, Mina, Moxika, Lerma, Barrios, Kuadrado (Morelos, 59), Xames (Alsate, 74), Muriel (Fabra, 59), Sapata (Falkao, 74).
Venesuela – Farines, Ernandes (Otero, 67), Chanselor, Rosales (Feltsher, 79), Anxel, Savarino, Errera, Machis (Kaseres, 79), Rinkon, Murilo (Xuanpi, 82), Kordova (Ponse, 67).
333   
Добавить комментарий
Ваше имя: *