Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Modrich «Real»dagi kelajagi haqida gapirdi

Modrich «Real»dagi kelajagi haqida gapirdi

Автор: admin

«Real»ning xorvatiyalik yarimhimoyachisi Luka Modrich ispan klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
«Bu xuddi milliy jamoa bilan bir xil. Har o‘yinda maydonga tushaman, nima bo‘lishini keyin ko‘ramiz. Albatta, «Real»da qolishni xohlardim. Ammo yosh o‘z ta’sirini ko‘rsatishini ham tushunaman.
Hozircha o‘zimni «Real»ning bir qismidek his qilyapman, shuning  uchun jamoada qolishni istardim. Vaziyat o‘zgarganda, yangi chaqiruvlarni qidiraman. Ammo hozircha bu masala meni bezovta qilmayapti», – deya Modrichning so‘zlarini keltiradi Marca.
35 yoshli Modrich «Real»ga 2012 yili «Tottenhem»dan kelgan. U jamoa bilan 4 bor YeCHLda, 2 marta La Ligada, 3 bor mamlakat Superkubogida va bir marta Ispaniya Kubogida g‘olib bo‘lgan.
528   

Комментарии
(1)

  1. Alisher 12 октября 2020 09:44
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *