Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Millatlar Ligasi. Angliya Belgiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi, Niderlandiya Bosniyani yenga olmadi va boshqa natijalar

Millatlar Ligasi. Angliya Belgiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi, Niderlandiya Bosniyani yenga olmadi va boshqa natijalar

Автор: admin

Millatlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar davom ettirildi.
A ligasining 1-guruhida Niderlandiya safarda Bosniya va Gersegovina darvozasiga yo‘l topa olmadi.
A ligasining 2-guruhida Angliya o‘z maydonida Belgiya ustidan irodali g‘alabaga erishib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
A ligasining 3-guruhida autsayderlarga aylangan Xorvatiya va Shvetsiya jamoalari bahsida mezbonlar g‘alabani ilib ketishdi.
V ligasida Finlyandiya Bolgariyani, Norvegiya Ruminiyani ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Norvegiya safida Erling Holand xet-trikka erishdi.
Millatlar Ligasi, 3-tur, 11 oktyabr
A liga, 1-guruh

Bosniya va Gersegovina – Niderlandiya 0:0
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Sanichanin, Kadushich (Kolashinats, 46), Todorovich, Hajikadunich, Krunich (Hojich, 75), Pyanich (Lonchar, 75), Simirot, Goyak, Jurich (Jeko, 61), Tatar (Hajiahmetovich, 54).
Niderlandiya – Sillessen, Damfris (Hatebur, 70), Blind (Ake, 86), van Deyk, de Vrey, Veynaldum, de Ron, de Yong, Promes (Babel, 86), Malen (Bergeys, 70), de Yong.
A liga, 2-guruh
Angliya – Belgiya 2:1
Gollar: Reshford (39, penalti), Maunt (64) – Lukaku (16, penalti).
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Tripper, Dayer, Henderson (Fillips, 65), Maunt (Sancho, 89), Rays, Aleksander-Arnold (Jeyms, 79), Reshford, Kelvert-Lyuin (Keyn, 65).
Belgiya – Minole, Kastan, Alderveyreld, Boyata, Myone, de Bryuyne (Versaren, 73), Tilemans, Karrasko (Doku, 83), Vitsel, Denayer, Lukaku.
A liga, 3-guruh
Xorvatiya – Shvetsiya 2:1
Gollar: Vlashich (32), Kramarich (84) – Berg (66).
Xorvatiya – Livakovich, Lovren, Chaleta-Sar, Melnyak (Kramarich, 75), Uremovich, Perishich (Petkovich, 85), Modrich, Vlashich, Brozovich, Brekalo (Bradarich, 74), Kovachich (Pashalich, 61).
Shvetsiya – Olsen, Yansson, Lindelyof, Lyustig, Augustinsson, Ekdal (Larsson, 83), Kulusevski, Olsson, Forsberg, Isak (Klaesson, 65), Berg.
V liga, 1-guruh
Norvegiya – Ruminiya 4:0
Gollar: Holand (13, 64, 74), Syorlot (39).
V liga, 4-guruh
Finlyandiya – Bolgariya 2:0
Gollar: Teylor (52), Yensen (67).
S liga, 2-guruh
Armaniston – Gruziya 2:2
Gollar: Bayramyan (14), Mxitaryan (88, penalti) – Kacharava (46), Okriashvili (74).
Estoniya – Shimoliy Makedoniya 3:3
Gollar: Sappinen (33, 61), Livak (76, penalti) – Kuusk (3, avtogol), Pandev (80), Zaykov (88).
S liga, 4-guruh
Litva – Belarus 2:2
Gollar: Novikovas (7), Lukjemis (75) – Lisakovich (59), Sachivko (66).
335   
Добавить комментарий
Ваше имя: *