Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ronald Kuman: «Suares «Barsa»da qolib, men nohaq ekanimni isbotlashi mumkin edi»

Ronald Kuman: «Suares «Barsa»da qolib, men nohaq ekanimni isbotlashi mumkin edi»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchi Luis Suaresning «Atletiko»ga o‘tib ketgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Suaresning boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi qiyinlashib ketdi. Men unga bu haqda aytdim. Unga qiyin bo‘ldi, ammo u bilan hech qanday muammoga duch kelmaganman.

U yaxshi shug‘ullandi. Yakunda esa esa Luis ketishga qaror qildi. Men unga: «Agar qandaydir sabab bilan jamoani tark etmasang, bu jamoaning bir qismi bo‘lishing va men nohaq ekanimni isbotlashing mumkin», dedim. Ha, u qolishi mumkin edi.

Mening Luisga munosabatim yaxshi. Ammo biz tarkibni yoshartirishimiz kerakligini his qildim. Bizda 17 yoshli Ansu Fati o‘ynamoqda. Ronald Arauxo — 21 yoshda, Trinkau — 20 yoshda. Biz 19 yoshli Serjinyo Destni xarid qildik. Ular kelajak o‘yinchilari», – dedi Kuman.
Manba: sports.ru
330   
Добавить комментарий
Ваше имя: *