Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ronaldu A Seriyaning ikki, YeCHLning 1-turini o‘tkazib yuboradi. U «Barsa»ga qarshi o‘yingacha qaytadi

Ronaldu A Seriyaning ikki, YeCHLning 1-turini o‘tkazib yuboradi. U «Barsa»ga qarshi o‘yingacha qaytadi

Автор: BaHTi

Koronavirus yuqtirib olgan «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduning qaysi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.

Sky Sports Italia’ning yozishicha, endi 14 kunlik o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkaziladigan portugaliyalik hujumchi milliy jamoasining 14 oktyabr kungi Shvetsiyaga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, Krishtianu «Yuventus» safidagi 3ta bahsda maydonga tusha olmaydi. Xususan, u A Seriya doirasidagi «Krotone» va «Verona»ga qarshi bahslarda, Chempionlar ligasi 1-turida esa Kiyevning «Dinamo»siga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. YeCHLning 2-turi doirasidagi 28 oktyabr kuniga belgilangan «Barselona»ga qarshi bahsgacha safga qaytishi kutilmoqda.

Avvalroq, Portugaliya milliy jamoasi matbuot xizmati Ronalduning test natijasi musbat chiqqani va futbolchi kasallikni alomatlarsiz o‘tkazayotgani haqida xabar qilgandi.
324   

Комментарии
(1)

  1. Shamshod 22 октября 2020 20:05
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Men Crishtianu maydonga tushishini xohlayman
Добавить комментарий
Ваше имя: *