Goal24.uz » Jahon » «Kalbosh» Zidan «parik kiygan» Kontega qarshi! Bir asrlik tanaffusdan keyingi to‘qnashuv

«Kalbosh» Zidan «parik kiygan» Kontega qarshi! Bir asrlik tanaffusdan keyingi to‘qnashuv

Автор: admin

Goal24.uz Yevropa Chempionlar ligasining guruh bahslari haqida ma’lumotlar berishda davom etadi.
Yevropa Chempionlar ligasi «B» guruhi
«Real», «Shaxtyor», «Inter», «Borussiya M»
«Real Madrid» (UYEFA reytingida 2-o‘rin)
Murabbiy: Zayniddin Zidan
Yozdagi yo‘qotishlari: Beyl va Xames APLga ko‘chib o‘tdi. Statusi baland futbolchilar bo‘lishiga qaramay, buni ulkan yo‘qotish deb bo‘lmaydi. Boz ustiga, bu mavsumda «Real» transferlardan 100 million yevro daromad oldi. Barchasi o‘z reja asosida ketmoqda.
Kimlar tarkibga qo‘shildi: So‘nggi 40 ichida ilk bor Madrid super klubi transferlarga murojaat etmadi. Shunga qaramay, ijaradan qaytib kelgan Edegor va Odrisolalarni unutmaslik lozim. Endi bu yigitlarda asosiy tarkibda maydon tushish imkoniyati mavjud.
YECHLdagi eng yaxshi natijalari: 13 karra chempion: — 1955/56, 1956/57, 1957/58, 1958/59, 1959/60, 1965/66, 1997/98, 1999/2000, 2001/02, 2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18.
Jamoa yetakchilari: Ramos, Kroos, Modrich, Benzema.
Kuchsiz tomonlari: Afsuski, hujum chizig‘i borasida Zidan maqtana olmaydi. Tinimsiz jarohatlarga o‘ralashib qolgan Azar va Asensio. Tajribasiz Rodrigo va Vinisiuslar bilan Benzemaga ko‘mak berish mushkul.
Kuchli tomonlari: Ramos, Modrich va Kroos va boshqa ko‘plab futbolchilarning musobaqada ishtirok etish borasidagi ajoyib tajribasi istalgan o‘yinda qo‘l kelishi mumkin. Boz ustiga, o‘tgan mavsumdagi «La Liga» g‘olibligi yigitlarda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchning ortib ketishiga ko‘mak berishi turgan gap.
Optimal tarkib: (4-3-3): Kurtua — Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi — Kazemiro, Kroos, Modrich — Azar, Vinisius, Benzema.
«Shaxtyor» (UYEFA reytingida 19-o‘rin)
Murabbiy: Luish Kashtru
Yozdagi yo‘qotishlari: E’tiborlisi shundaki, «konchilar» yaqindagina Yevropa Ligasida yarim finalida to‘p surgan tarkibni to‘liq saqlab qolishni uddalashdi. Ha aytgancha, ularni musobaqadan Konte boshchiligidagi «Inter» chiqarib yuborgan edi.
Kimlar tarkibga qo‘shildi: Ochig‘i, hech qanday futbolchi jamoaga kelib qo‘shilmagani tahsinga sazovor. Portugaliyalik murabbiy barchasini o‘zgartirishsiz saqlab qoldi.
YECHLdagi eng yaxshi natijalari: Chorak final 2010/11
Jamoa yetakchilari: Marlos, Pyatov, Tayson, Morayes, Ismaili
Kuchsiz tomonlari:Markaziy himoyani kuchaytirish uchun transferni amalga oshirish zarar qilmagan bo‘lar edi. Shuningdek, juda ham erkin to‘p suruvchi klub ba’zan natija uchun to‘p tepishni unutib qo‘yadi. Yorqin futbol har doim ham katta musobaqalarda omad olib kelavermaydi.
Kuchli tomonlari: O‘tgan mavsumdagi yigitlarning to‘liq saqlanib qolishi bu mavsumda qo‘l kelishi mumkin. Jamoaviy o‘yinning to‘liq shakllanishi katta yordam berishi turgan gap.
Optimal tarkib: (4-2-3-1): Pyatov — Dodo, Krivsov, Matviyenko, Ismaili — Stepanenko, Markos Antonio — Marlos, Tayson, Alan Patrik — Morayes.
«Inter» (UYEFA reytingida 29-o‘rinda)
Murabbiy: Antonio Konte
Yozdagi yo‘qotishlari: Jamoa qariyalari Valero va Godinlar ketdi. Ularning yo‘q ekanligi jamoa o‘yiniga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmasligi aniq. Umumiy hisobda, «Inter» Konte qo‘l ostida progress namoyish etishda davom etmoqda.
Kimlar safga qo‘shildi: Birinchi navbatda Ashraf Hakimining transferini alohida qayd etib o‘tish joiz. Shuningdek, Vidal va Kolarov jamoaning yangi a’zolariga aylandi. Ijaradan qaytib kelgan Nainngolan va Perishichlar to‘liqligicha jangga tayyor. Umuman olganda, Milan klubi o‘z tarkibini mukammal darajada kuchaytirishni uddaladi.
YECHLdagi eng yaxshi natijalari: Uch karra chempion 1963/64, 1964/65 i 2009/10.
Jamoa yetakchilari: Xandanovich, Martines, Lukaku va KONTE!
Kuchsiz tomonlari: Afsuski, Antonio Konte Yevrokuboglar bilan yaxshi «chiqisha olmadi». Boz ustiga, jamoada ayrim pozisiyalar uchun hatto 4 ta nomzod paydo bo‘lmoqda. Bu ichki muhitni buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayni damda, Kontening qo‘lida ajoyib material mavjud. Uning vazifasi, ushbu materialdan «g‘alaba kaliti»ni yasash.
Kuchli tomonlari: Tarkib ko‘zni qamashtiradi. Yoshlik, tajriba va sovuqqonlik uyg‘unligi. Biz usiga, Kontening o‘yin sxemasi ko‘plab grandlar uchun boshog‘riq. Bu mavsumda "A seriya" o‘yinlarida "Yuve"ni asosiy favorit deb hech kim hisoblamayapti. Yangi mavsumda »Inter"ning imkoniyatlari chakki emas. YECHLda zafar quchish uchun esa, Konteda barcha imkoniyat mavjud. Hatto, ichki birinchilikni boy berib bo‘lsada maqsadga erishish Kontening rejasida ekanligini murabbiy yashirib o‘tirmayapti.
Optimal tarkib: (3-4-1-2): Xandanovich — D’Ambrozio, De Vrey, Bastoni — Xakimi, Vidal, Barella, Perishich — Eriksen — Martines, Lukaku.
«Borussiya M» (UYEFA reytingida 61-o‘rin)
Murabbiy: Marko Roze
Yozdagi yo‘qotishlari: Tajribali Tobias Shtrobil jamoani tark etdi. "Augsburg" bilan shartnoma imzolagan futbolchini katta yo‘qotish deb bo‘lmaydi.
Kimlar tarkibga qo‘shib olindi: Yosh va iqtidorli Xannes Volf «RB Leypsig»dan xarid qilindi. O‘ng qanotda to‘p suruvchi Valentino Lazaro «Inter»dan taklif etildi. Bu futbolchilarning ijarasi klubga 1,8 million yevroga tushdi. Shuningdek, 17 yoshli Jo Skalli esa, 1,8 million yevro evaziga jamoaning yangi futbolchisiga aylandi. «Borussiya M»ning AQSHLik bolakaydan umidi katta.
YECHLdagi eng yaxshi natijalari: Finalda to‘p surgan 1976/77
Jamoa yetakchilari: Zommer, Ginter, Zakariya, Tyuram, Plea
Kuchsiz tomonlari: Afsuski, zaxira o‘rindig‘ining tor ekanligi juda og‘ir zarba bo‘lishi mumkin. Boz ustiga, jamoa bir nechta frontda zich taqvim asosida to‘p suradi. Yangi xarid qilingan futbolchilar esa, juda tajribasiz. YECHL musobaqasida debyut o‘tkazayotgan 17-18 yoshli o‘spirinlar bilan «Real» yoki «Inter»ni guruhdan tashlab ketish juda mushkul vazifaga aylanadi.
Kuchli tomonlari: Jamoaning asosiy quroli - klub murabbiyi Marko Roze. Mutaxassis raqibni o‘rganish va unga qarshi taktika tanlashda benazir. Plea va Tyuram tandemidan «mo‘’jiza» kutishimiz mumkin.
Optimal tarkib:(4-2-3-1): Zommer — Layner, Ginter, Elvedi, Bensebaini — Kramer, Noyxaus — Xoffman, Shtindl, Tyuram — Plea.
Guruhning o‘ziga xos «Fishka»lari
- «Real» va «Inter» to‘qnashuvi jahon futbol klassikasi sanaladi. Bu klublar so‘nggi bor o‘tgan asrning so‘nggi yillarida maydonda kuch sinashgan. 1998/99 yilgi mavsum o‘yinlarida ham jamoalar bir guruhdan joy olishgan edi. O‘zaro o‘yinlar taqdirini mezbonlar kiritgan yagona gollar hal etgan. Umuman olganda, tenglik.
- Zidan va Konte 1996 - 2001 yillar oralig‘ida «Yuventus» sharafini birga himoya qilishgan. Ular birgalikda Turin super klubi bilan ko‘plab sovrinlarni boshi uzra ko‘targan.
313   
Добавить комментарий
Ваше имя: *