Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Millatlar ligasi. Angliyada mag‘lubiyat, Lukakuning dubli Belgiyaga g‘alaba keltirdi

Millatlar ligasi. Angliyada mag‘lubiyat, Lukakuning dubli Belgiyaga g‘alaba keltirdi

Автор: admin

UEFA Millatlar ligasi A liga 2-guruhi 4-turi doirasidagi yana ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Angliya milliy jamoasi o‘z maydonida Daniyaga kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi. Eriksenning penaltidan kiritgan goli daniyaliklarga g‘alaba keltirdi. Mezbonlar safida Maguayr maydondan chetlatildi.
Belgiya esa Lukakuning dubli evaziga Islandiyadan g‘alaba bilan qaytdi va o‘z guruhida 9 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. 
A liga. 2-guruh. 4-tur. 14 oktyabr
Angliya – Daniya 0:1
Gol: 0:1 – 35, penalti Eriksen.
Angliya – Pikford, Jeyms, Uoker, Koudi, Meytlend-Naylz (Mingz, 36), Rays (Henderson, 76), Fillips, Maunt (Sancho, 73), Maguayr, Keyn, Reshford (Kelvert-Lyuin, 72).
Daniya – Shmeyxel, Vass, Ker, Kristensen (Yorgensen, 46), Xeyberg (Yensen, 88), Dileyni, Eriksen, Skov (Mele, 46), Dolberg (Sisto, 37), Poulsen, Breytueyt (Vestergor, 74).
Chetlatish: Maguayr (31).
Islandiya – Belgiya 1:2
Gollar: 0:1 – 9 Lukaku, 1:1 – 17 Sayvarsson, 1:2 – 38, penalti Lukaku.
Islandiya – Runarsson, Ingason, Eyelfsson, Sayvarsson, Skulason, Byarnason, Siguryonsson (Torsteynsson, 69), Gudmundsson (Sigtorsson, 81), Paulsson (Hermannsson, 82), Magnusson (Traustason, 86), Bedvarsson (Kyartansson, 69).
Belgiya – Minole, Alderveyreld, Denayer, Boyata, Mene, Karrasko, Tilemans, Doku (Kastan, 68), Vitsel, Trossard (Vanaken, 61), Lukaku.
153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *