Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. Rebichning goli «Milan»ga qatorasiga 3-g‘alabani keltirdi

A Seriya. Rebichning goli «Milan»ga qatorasiga 3-g‘alabani keltirdi

Автор: admin

Italiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan dastlabki bahsda «Milan» «Breshia» mehmoni bo‘lib, Ante Rebichning yagona goli evaziga 3 ochkolik bo‘ldi. E’tiborlisi, xorvatiyalik futbolchi o‘tgan turda «Udineze» bilan bahsda ham (3:2) dublga erishib, jamoasining ustunligini ta’minlagandi.
Qatorasiga 3-g‘alabasiga erishgan «Milan» ochkolarini 31taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Breshia» esa 15 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.
A Seriya, 21-tur
Breshia – Milan 0:1

24 yanvar, «Mario Rigamonti»
Gol: Rebich (71).
Breshia: Yoronen, Sabelli, Mateyu, Chistana, Chanselor, Dessena (Ndoy, 70), Bizoli (Skrabb, 88), Tonali, Romulo, Aye (Donnarumma, 78), Torregrossa. 
Milan: Donnarumma, Teo, Konti, Romanoli, Ker, Cholxono‘g‘lu (Krunich, 77), Kastilexo, Kessie, Bennaser, Ibrahimovich, Rafael Leau (Rebich, 58).
Ogohlantirishlar: Ker (2), Sabelli (21), Teo (36), Konti (44), Bennaser (62), Skrabb (89).


154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *