Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Adama «Barsa»da?!

Angliyaning «Vulverhempton» jamoasi vingeri Adama Traore faoliyatini Kataloniyada davom ettirishi mumkin.
Goal nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik vinger bilan «Barselona» shartnoma imzolamoqchi, ammo hali yakuniy qarorga kelinmadi.
Eslatib o‘tamiz, «bo‘rilar» o‘z futbolchiga hali yangi shartnoma taklif etganicha yo‘q.
Aguyero ketadimi?

«Manchester Siti» klubi hujumchisi Kun Aguyero faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Futbolchining agenti Ernan Regera bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi yangi jamoalardan kelib tushishi mumkin bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi «Manchester Siti» bilan yangi shartnoma imzolash haqida muzokaralar o‘tkazmayapti. Boz ustiga, uni klubda olib qolish uchun rahbariyat ham shartnoma taklif qilmoqchi emas.
Toven nishonda!

Fransiyaning «Marsel» jamoasi yarim himoyachisi Florent Toven «Lester»ga o‘tishi mumkin.
«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, ingliz klubi Toven uchun «Milan» taklif qilgan summadan ko‘proq berishni rejalashtirmoqda.
27 yoshli futbolchining o‘zi ham «Liga 1»da uzoq qolish niyatida emas. Shu bois, mavsum so‘nggida klubini almashtirmoqchi. 
Eslatib o‘tamiz, Tovenning «Marsel» bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi. Shu bois, qishda uni «Lester» kichik summa evaziga qo‘lga kiritishi mumkin.
Zakariya nishonda

«Chelsi» «Borussiya D» jamoasi yarim himoyachisi Denis Zakariya bilan shartnoma imzolash niyatidan qaytgani yo‘q.
«Bild» nashrining Zakariya uchun London klubi qishda 30 million funt taklif qilmoqchi. Agar muzokaralar ijobiy davom etsa, bu summa 35 million funtga qadar ko‘tarilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Denis bilan shuningdek, «Bavariya» va «Manchester Yunayted» jamoalari ham jiddiy qiziqib qolgan.
«Brayton» oshirib yubormadimi?!

Angliyaning «Brayton» klubi o‘z himoyachisi Ben Uayt borasida yakuniy qarorga keldi.
Jamoa agar, moliyaviy qulay taklif kelib tushmasa, o‘z futbolchisini jamoada olib qolmoqchi. Shu bois, klub o‘z futbolchisi bilan o‘rtadagi shartnomani bir necha yilga uzaytirdi va uning tovon pulini 50 million yevro etib belgiladi.
Eslatib o‘tamiz, u bilan «Liverpul», «Siti» va «Tottenhem» jamoalari jiddiy qiziqib qolgan edi.
422   

Комментарии
(1)

  1. Javohir 4 ноября 2020 14:20
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *