Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Patris Evra: «Van de Bek «MYU»ga kerak emasdi»

Patris Evra: «Van de Bek «MYU»ga kerak emasdi»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Patris Evra jamoaning yangi futbolchisi Donni van de Bek haqida fikr bildirdi.
«Van de Bekka qarshi hech qanday xusumatim yo‘q, ammo bu futbolchini nega sotib oldik o‘zi? U hamma o‘yinimizni biz qatori tribunadan tomosha qilayapti. Aslida Donni bizga kerak emasdi», – deydi Evra Sky Sports efirida.
Ma’lumot uchun, van de Bek joriy mavsumda APL doirasida «qizil iblislar» safida jami 59 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, YeCHL doirasidagi «PSJ» bilan bahsda u 2 daqiqa to‘p surdi.
Eslatib o‘tamiz, «MYU» yozda 23 yoshli yarimhimoyachini «Ayaks»dan 40 million yevro evaziga sotib olgandi.
151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *