Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa Ligasi. «Napoli» La Liga peshqadamini yengdi, «Arsenal» yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Roma»da durang va boshqa natijalar

Yevropa Ligasi. «Napoli» La Liga peshqadamini yengdi, «Arsenal» yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Roma»da durang va boshqa natijalar

Автор: admin

Yevropa Ligasida 2-tur o‘yinlari yakunlandi.
«Arsenal» Londonda «Dandolk» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritib, guruh peshqadamligini saqlab qoldi. «Napoli» La Ligada 1-o‘rinda borayotgan «Real Sosedad» mehmoni bo‘lib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. «Roma» o‘z uyida SSKA Sofiya darvozasiga yo‘l topa olmadi. «Bayer» Chexiyada yutqazdi.
«Reynjers», «Benfika», «Molde» va AZ klublari 2-turda ham o‘z hisoblariga 3 ochko yozdirib qo‘yishdi.
Yevropa Ligasi, 2-tur, 29 oktyabr
A guruhi
Roma – SSKA Sofiya 0:0
Roma – Lopes, Kumbulya, Fasio, Smolling (Juan, 57), Bruno Peres, Vilyar, Kristante, Spinatssola (Karsdorp, 46), Mxitaryan (Pedro, 46), Karles Peres (Pellegrini, 75), Mayoral (Jeko, 70).
SSKA Sofiya – Buzatto, Maziku, Antov, Zanev, Jeferson (Rodrigesh, 81), Yuga (Beltram, 80), Von (Turitsov, 89), Sankare (Axmedov, 89), Yomov, Sinkleyr (Enrike, 64), Sou.
CHFR Kluj – Yang Boyz 1:1
Gollar: Rondon (62) – Fassnaxt (69).
V guruhi
Arsenal – Dandolk 3:0
Gollar: Nketia (42), Uillok (44), Pepe (46).
Arsenal – Runarsson, Kolashinats, Soaresh, Mustafi (Sebalos, 61), Meytlend-Naylz, El-Nenni, Jaka (Tirni, 74), Pepe (Villian, 62), Uillok, Nelson (Balgun, 74), Nketia. 
Dandolk – Rojers, Kliri (Hor, 53), Gartlend, Boyl, Dammigen, Shilds (Gennon, 62), Mauntni, Makileni (Flores, 53), Myurrey (Slogett, 46), Daffi (Cholovich, 70), Hoban.
Molde – Rapid 1:0
Gol: Omoyjuanfo (65).
S guruhi
Slaviya – Bayer 1:0
Gol: Olayinka (80).
Nitssa – Xapoel Beyer-Sheva 1:0
Gol: Guiri (23).
D guruhi
Reynjers – Lex 1:0
Gol: Morelos (68).
Benfika – Standard 3:0
Gollar: Pitssi (49 penalti, 76), Valdshmidt (66, penalti).
Ye guruhi
Granada – PAOK 0:0
Omoniya – PSV 1:2
Gollar: Gomes (29) – Malen (40, 90+2).
F guruxi
AZ Alkmar – Riyeka 4:1
Gollar: Kompeyners (6, penalti), Gudmundsson (20, 60), Karlsson (51) – Kulenovich (72).
Real Sosedad – Napoli 0:1
Gol: Politano (56).
Real Sosedad – Remiro, Gorosabel (Mugurusa, 79), Le Norman, Monreal, Elustondo, Silva, Merino (Subimendi, 79), Portu (Xon, 67), Gevara, Oyarsabal (Guridi, 87), Isak (Joze Villian, 67). 
Napoli – Ospina, Hyusay, Maksimovich, Kulibali, Mariu Ruy, Bakayoko, Lobotka (Mertens, 61), Insine (Losano, 22), Demme (Ruis, 89), Politano (Di Lorenso, 61), Petanya (Osimhen, 61).
181   
Добавить комментарий
Ваше имя: *