Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Автор: admin

UEFA matbuot xizmati Chempionlar Ligasining 2-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford haftaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘olib chiqdi. Angliyalik futbolchi “Leypsig”ga qarshi kechgan uchrashuvda (5:0) zaxiradan maydonga tushib, het-trik qayd etgandi.
Shuningdek, ushbu nom uchun quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi.
  • Duvan Sapata (“Atalanta”) — “Ayaks”ga qarshi bahsda (2:2) ikkita gol;
  • Moyze Kin (PSJ) — “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi uchrashuvda (2:0) ikkita gol;
  • Joau Feliks (“Atletiko”) — “Zalsburg”ga qarshi o‘yinda (3:2) ikkita gol.
139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *