Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar Ligasi o‘yini oldidan «Ayaks»ning 11 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Chempionlar Ligasi o‘yini oldidan «Ayaks»ning 11 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Автор: admin

Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan «Midtyulland»ga qarshi o‘yin oldidan «Ayaks»ning 11 futbolchisida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi RTL.de.
«Ayaks» Daniyaga 17 nafar futbolchi bilan yo‘l oldi. Klub koronavirusga chalingan o‘yinchilar nomini e’lon qilmadi. Qaydnomadan faqat bir darvozabon Kell Sxerpen o‘rin olgan, u amsterdamliklar tarkibida birorta o‘yinda maydonga tushmagan.
Darvozabonlar Andre Onana va Marten Stekelenburgdan tashqari, jamoa yetakchilar Devi Klassen, Rayan Gvarenberx va Dushan Tadich ham Daniyaga uchmagan.
Ma’lumot uchun, «Midtyulland» – «Ayaks» o‘yini 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *