Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHL. «Atletiko» Moskvada durang o‘ynadi, «Borussiya» M safarda «Shaxtyor»ga 6ta gol urdi

YeCHL. «Atletiko» Moskvada durang o‘ynadi, «Borussiya» M safarda «Shaxtyor»ga 6ta gol urdi

Автор: admin

Yevropa Chempionlar Ligasida 3-tur o‘yinlari start oldi.
A guruhida «Atletiko» Moskvada «Lokomotiv»ni mag‘lub eta olmadi. Ximenesning goliga mezbonlardan Miranchuk javob berdi.
V guruhi peshqadami «Shaxtyor» kutilmaganda o‘z maydonida Myonxengladbaxning «Borussiya»sidan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlar donetskliklar darvozasiga javobsiz 6ta to‘p kiritishdi, Plea xet-trikka erishdi.
YeCHL, 3-tur, 3 noyabr
A guruhi
Lokomotiv M – Atletiko 1:1
Gollar: Miranchuk (25, penalti) – Ximenes (18).
Lokomotiv M – Gilerme, Ribus, Serkeyra, Raykovich, Ignatev, Krixovyak, Kulikov, Miranchuk (Ribchinskiy, 89), Jivoglyadov, Ze Luish, Smolov (Jemaletdinov, 64). 
Atletiko – Oblak, Savich, Ximenes, Tripper, Lodi, Errera, Saul (Koke, 46), Korrea (Lemar, 69). Lorente (Vitolo 69, Torreyra 78), Joau Felish, Suares.
Ogohlantirishlar: Suares (24), Serkeyra (29), Saul (44), Lodi (49), Krixovyak (51), Raykovich (54), Jemaletdinov (70), Ignatev (83).
V guruhi
Shaxtyor – Borussiya M 0:6
Gollar: Plea (8, 26, 79), Bondar (17, avtogol), Bensebaini (44), Shtindl (65).
Shaxtyor – Trubin, Bondar, Dodo, Xocholava, Korniyenko, Markos Antonio (Alan Patrik, 46), Marlos (Kovalenko, 46), Tete, Solomon, Tayson (Morayes, 46), Maykon (Stepanenko, 69).
Borussiya M – Zommer, Ginter, Layner (Lang, 82), Elvedi (Yankto, 82), Bensebaini, Kramer, Shtindl (Volf, 69), Hofmann (Lazaro, 75), Noyxaus, Plea (Traore, 82), Tyuram.
Ogohlantirishlar: Xocholava (46), Solomon (63), Lang (90).
140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *