Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Mircha Luchesku: “Barselona” YChLda g‘olib chiqishga qodir emas

Mircha Luchesku: “Barselona” YChLda g‘olib chiqishga qodir emas

Автор: admin

Kiyevning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi kechadigan bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Koronavirusga topshirilgan test javobini besh soat kutdik, bu vaqt juda qiyin o‘tdi. Shukrki, hamma salomat. Biz “Barselona” bilan o‘ynaymiz va bu eng muhimi.
Test javoblari koronavirusga salbiy natija berishiga umid qilgandik, biroq muammo shundaki, endi “Barselona”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishimiz kerak. Murabbiy sifatida o‘yinni boshqa kunga ko‘chirilishini xohlagan bo‘lardim. Natijalar virus borligini ko‘rsatganda yaxshiroq bo‘lardi, o‘yin qoldirilardi (kuladi).
“Bavariya”ga qarshi o‘yindan keyin “Barselona” o‘zgarishlar sari yurishi ma’lum bo‘lgandi. Jamoada iqtidorli futbolchilar ko‘p, biroq ular o‘yin tuzilishini o‘rganishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.
“Barselona” ayni damda Chempionlar Ligasini yutishga qodir deb o‘ylamayman. “Bavariya”, “Manchester Siti” va PSJ katta resursga ega. Boshqa tomondan ularda Lionel Messi bor.
Yangi murabbiy uchun kamida olti oy kerak va bahorga kelib bu butkul boshqa jamoaga aylanadi.
Messi jamoa haqida o‘ylaydi, o‘zini emas. U maydonning har bir bo‘lagida ishlaydi, boshqalar qilishi kerak bo‘lgan ishlarni ham qiladi. U kurashadi, golli uzatmalar amalga oshiradi, gol uradi. U hammasini jamoa uchun qiladi va yosh o‘yinchilarga yordam bergisi keladi.
“Barselona” La Ligaga qaraganda Chempionlar Ligasida yaxshiroq harakat qiladi. Chunki uni uyda hamma yaxshi biladi.
Mircha Luchesku, “Dinamo Kiyev” bosh murabbiyi
“Barselona” — “Dinamo K” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 4-noyabrdan 5-noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *